Qirg‘izistonga olib chiqib ketilayotgan 2 million dollar to‘xtatib qolindi

© Sputnik / NewsTeamDollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami
Dollari SShA izyatie pravooxranitelnimi organami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Andijon viloyatida ichida 2,1 million AQSh dollari bilan Qirg‘izistonga chiqishga uringan avtomobil to‘xtatib qoindi.

TAShKENT, 10 apr - Sputnik. Andijonda 2 116 501 AQSh dollarini Qirg‘izistononga olib chiqishga uringan fuqaro to‘xtatib qolindi, deb xabar qilmoqda “O‘zbekiston 24” telekanali.

Ushbu miqdordagi naqd pul DXX maxsus operatsiyasi davomida “Andijon-Qorasuv” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Neksiya-3” rusumli avtomobil ichidan topilgan.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondan 1,5 million dollar olib chiqib ketishning oldi olindi

Avtomobilni boshqarib ketayotgan Rahmatillo Ahmedov, chegara postlarini chetlab o‘tgan holda, pullarni Qirg‘iziston hududiga yetkazib berishni rejalashtirgan bo‘lgan.

Ayni damda ushbu ish yuzasidan tegishi modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tekshiruv olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi oy davomida DXX Farg‘ona vodiysi hududida bir necha bor yirik summadagi naqd pullarni O‘zbekiston hududidan olib chiqib ketishni to‘xtatib qoldi.

Xususan, 3-aprel kuni Namangan  viloyati hududi 2ta avtomobilda olib chiqib ketilayotgan jami 1,5 milliondan ortiq AQSh dollari to‘xtatib qolingan edi.

Yangiliklar lentasi
0