13:02 16 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Nasiliye v semye

Xitoyda shunday vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonlik oʻnlab qizlar bor - TIV

© Flickr /
Jamiyat
Havola olish
473 0 0

Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga kelin boʻlgan Shodiyona Davlatova haqida maʼlumot berdi.

TOSHKENT, 11 apr – Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Xitoyga kelin boʻlgan Shodiyona Davlatova haqida bayonot berdi.

Bayonotda aytilishicha, OAVda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan Shodiyona Davlatovaning murojaati paydo boʻldi. Unda u turmush oʻrtogʻi erkinligini cheklayotgani toʻgʻrisida xabar qilgan.

Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti maʼlumotiga koʻra, bu holat mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasi konsullik boʻlimi nazorati ostida turibdi.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro oʻtgan yilning aprelida Andijon shahrida Xitoy fuqarosi bilan qonuniy nikoh tuzgan va doimiy yashash uchun Xitoyga uchib ketgan. Koʻp oʻtmay oiladagi nizolar tufayli u elchixonaning yordami bilan vataniga qaytdi. Keyinchalik, oʻz xohishi bilan turmush oʻrtogʻining oldiga yoʻl olgan. 31 mart kuni SH.Davlatova yana elchixonaga murojaat qilib, turmush sharoiti, turmush oʻrtogʻi tomonidan tahqirlanayotgani borasida shikoyat bildirgan hamda Oʻzbekistonga qaytish istagida ekanini maʼlum qilgan.

Oiladagi nizolar va turmush oʻrtogʻi tomonidan dastlabki kelishuvlarning bajarilmagani sababli, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan M.T. ham Pekindagi elchixonaga murojaat qilgan. U vositachilik firmasi orqali xorijlik bilan tanishgan, oʻtgan yil dekabr oyida nikohni rasman roʻyxatdan oʻtkazgan va XXRga ketgan.

Ushbu holatlar yuzasidan elchixona Xitoy hukumatining tegishli organlari bilan birgalikda vatandoshlarni Toshkentga qaytarishda yordam koʻrsatish boʻyicha choralar koʻrmoqda.

Oʻzbekistonning Pekin shahridagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, hozirgi paytda Xitoy Xalq Respublikasida shunga oʻxshash vaziyatga tushib qolgan oʻzbekistonlik oʻnlab qizlar bor. Bildirilishicha, diplomatik vakolatxona tomonidan ularning shaxsini aniqlash va konsullik yordamini koʻrsatish boʻyicha ishlar tashkil etilgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi yordami bilan Xitoyda tahqirlangan Maftuna Xolmatova Oʻzbekistonga qaytarilganligi haqida xabar bergandik.

Asosiy mavzular