20:18 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Pojarno-takticheskiye ucheniya na rыnke Chilonzor buyum savdo kompleksi

Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi FVV tizimiga oʻtkazildi

Press-slujba GU MVD Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
264 0 0

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazi hamda hududiy tezkor boshqaruv markazlari tashkil etilib, ularga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida monitoring va prognozlash vakolatlari berilgan.

TOSHKENT, 11 apr – Sputnik. Oʻzbekiston IIV Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi va Mudofaa vazirligining Gidrometeorologik jarayonlarga taʼsir koʻrsatishni boshqaruv xizmati FVV tizimiga oʻtkazildi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yongʻin xavfsizligini taʼminlashning sifatli yangicha tizimini tadbiq etish toʻgʻrisida” gi farmon va “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida aytib oʻtilgan

FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, qabul qilingan qarorlarga asosan FVV tizimiga:

- IIVdan Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda Yongʻin xavfsizligi instituti.

- Mudofaa vazirligidan — Gidrometeorologik jarayonlarga taʼsir koʻrsatishni boshqaruv xizmati berilib,

- Gidrometeorologiya xizmati markazi FVV tizimidan Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga oʻtkazilgan.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish Milliy markazi hamda hududiy tezkor boshqaruv markazlari tashkil etilib, ularga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida monitoring va prognozlash vakolatlari berilgan.

Bundan tashqari, hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tarkibida hayotiy faoliyat xavfsizligi markazlari tashkil qilinib, ushbu markazlarda aholini turli xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishga tayyorlash, fuqarolar sogʻligi va hayotiga xavf tugʻdiruvchi omillar boʻyicha ularning bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarning oʻtkazilishi belgilangan.

Qayd etilgan hujjatlarda belgilangan vazifalar, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirishga, ushbu sohada monitoring va prognozlash ishlarini yaxshilashga hamda yongʻinlar va favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan xavflar va tahdidlarni barvaqt aniqlashga xizmat qiladi.

Asosiy mavzular