22:55 23 Aprel 2019
Efir
  • RUB131.78
  • EUR9493.15
  • USD8441.36
Dostupnoye jilye v v Sergeliyskom rayone Tashkenta

"Arzon degan nomi bor, xolos": oʻzbekistonlik deputat Sergelidagi uylar narxi borasida

Shaxar Kurilish invest
Jamiyat
Havola olish
69610

Deputatga koʻra, masʼullar yuborilgan deputatlik soʻroviga "aravani rosa sudrash"dan nariga oʻtishmagan va 2019 yilda narx oshmaydi, maxsus loyiha ishlab chiqdik, degan vaʼdalar bergan boʻlgan. Biroq bu vaʼdalar amalga oshmagan

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev oʻzining Telegramm sahifasida shu kunlarda OAVlarda keng muhokama qilinayotgan mavzu: Sergeli tumanida qurilayotgan arzon uy-joylar narxlari keskin oshirilgani yuzasidan munosabat bildirdi.

"Oʻtgan yilning yozida Sergelida qurilayotgan uy-joylarning narxi keskin oshib ketganligi yuzasidan dastlab Toshkent shahar hokimi va "Oʻzshaharqurilishinvest" IK, keyinchalik Qurilish vazirligi, "Oʻzqurilishmateriallari" AK va boshqa masʼul idoralarga deputatlik soʻrovi bilan chiqib, ularni ushbu masalaga ochiq koʻz bilan, bir oyda 1 yoki 1,5 million daromad qiladigan uyga muhtoj oilaning qarichi bilan qarab, xulosa chiqarishlarini soʻrovdim. 

Afsus shahar hokimi jamoasi oʻshandayoq bu masalaga koʻz yumib qoʻya qoldi: bir oy urinib, axiyri sarson soʻrovni "Oʻzshaharqurilishinvest" IKga yoʻnaltirishgan xolos.

Qolganlari ham uzoq tushuntirishib, oddiy aytganda "aravani rosa sudrash"dan nariga oʻtishmadi. Biroq 2019 yilda narx oshmaydi, maxsus loyiha ishlab chiqdik, degan vaʼdalar bor edi...qani?

Xullas oʻsha vaqtda qoʻyilgan savolimga hozirgacha javob ola olmayapman: baraka topgur quruvchi, direktor, rais, hokim va koʻplab masʼullar yana soʻrayapman: Sizlarning uyga muhtojlar uchun “arzon uy-joy”, degan uylaringiz respublika boʻylab qurilayotgan ayrim tijorat uylaridan ham qimmatga aylanib ketayaptiku! Kamiga sifatsiz degan gaplar yuribdi. Buni qanday izohlaysizlar? Bu uylarni arzon deyish mumkinmi?",- deb fikr bildirgan Kusherbayev.

Deputat shuningdek, ajdodlardan meros qolgan "lafz" degan gap borligini, oxirigacha lafzdan qaytmaslik kerakligini, aks holda buning oxiri voy va sharmandalik" ekanini qoʻshimcha qilgan.

Asosiy mavzular