14:52 22 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Eski uylar buzilib, yangilari qurilmoqda: Jizzax yangi qiyofaga ega boʻlmoqda

Xalq bilan muloqot
Jamiyat
Havola olish
42010

Jizzax viloyatida aholi uchun qulay muhit yaratish bilan birga, bandlikni taʼminlash, har bir hudud ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida yirik quvvatli zavod va korxonalar tashkil etishga ham katta eʼtibor berilayapti.

TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. Joriy yil yanvar oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga safaridan keyin viloyatning barcha tuman va shaharlarida obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi, deb xabar qildi "Xalq bilan muloqot" guruhi Feysbukdagi sahifasida.

Taʼkidlanishicha, amaliy ishlar viloyat markazi Jizzax shahridan boshlab, tumanlar markazlari hamda chekka hududlarga qadar keng quloch yoygan. Xususan, Zarbdor tumanida yangi uy-joylar barpo etish, mavjudlarini taʼmirlash, ijtimoiy soha obʼyektlari, yoʻllar va piyodalar yoʻlaklari, aholiga xizmat koʻrsatish va dam olish maskanlari tarmoqlarini yuzaga keltirish, ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash bilan bogʻliq katta hajmdagi qurilish-taʼmirlash ishlariga kirishilgan.

Eski Boʻston aholi maskanida 500 ish oʻrniga ega boʻladigan tikuvchilik korxonasi qurilishi olib borilyapti. Mazkur korxonada asosan shu yerda yashovchi, ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolar ish bilan band boʻladi. Tumandagi xotin-qizlar oʻrtasida ishsizlik darajasi eng yuqori boʻlgan "Sharq yulduzi", "Taraqqiyot", "Yangikent", "Oqar" qishloqlarida Mirzachoʻl tajribasi asosida 250 ish oʻrniga ega boʻlgan 4 ta tikuvchilik tsexi tashkil etiladi.

Viloyatning katta salohiyatga ega tumanlaridan biri boʻlgan Zominda Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 400 metr kub oqava suvni zararsizlantirish hamda qishloq xoʻjaligi maqsadlarida foydalanishga yoʻnaltirishga moʻljallangan suv tozalash inshooti oʻrnatilgan. Shuningdek, tumanda aholi uchun qulay muhit yaratish bilan birga, bandlikni taʼminlash, hudud ishlab chiqarish salohiyatini oshirish maqsadida yirik quvvatli zavod va korxonalar tashkil etishga ham katta eʼtibor berilayapti.

Jumladan, Dashtobod shaharchasida uzoq yillar boʻsh yotgan 40 gektar yerda barpo etilayotgan "Zomin-tsement" korxonasi shaharchadagi ilk sanoat korxonasi boʻladi. 136 million 700 ming yevro qiymatidagi mazkur noyob loyihaning amalga oshirilishi 400-chidan 700-chi markagacha boʻlgan yuqori sifatli tsement ishlab chiqarish imkonini beradi.

"Laylakuya" qishlogʻida yana bir yirik korxona – "Zomin maxsus plita" zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda. Ispaniya bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mazkur sanoat obʼyektida uy-joy qurilishi uchun temir-beton mahsulotlari tayyorlanadi. 12 million AQSH dollari qiymatidagi loyiha doirasida Ispaniya va Italiyadan keltirilgan eng zamonaviy texnologik liniyalar ishga tushiriladi.

Xalq bilan muloqot
“Laylakuya” qishlogʻida yana bir yirik korxona – “Zomin maxsus plita” zavodi qurilishi jadal olib borilmoqda

Dashtobodda yangi quvvatlarni tashkil etish barobarida hudud qiyofasini tubdan oʻzgartirishga qaratilgan ishlarga ham faol kirishilgan.  Oʻtgan asrning boshlarida temir yoʻl bekati va unga yondosh aholi punkti sifatida paydo boʻlgan mazkur aholi punkti yillar oʻtishi bilan shaharcha maqomini olgan boʻlsa-da, yillar davomida bu yerda infratuzilmani yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish borasida sezilarli bir ish qilinmagan. Shaharsozlik talablariga javob bermaydigan bino va inshootlar, toru tang koʻchalar oʻzgarmasdan qolavergan.

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari uning hayotida yangi sahifa ochib, chin maʼnodagi bahoriy yangilanish, yasharish nafasini olib keldi. Dastlab "Ziyo" deb nomlanuvchi markaziy koʻcha boʻyidagi eski, pastqam uylardan voz kechilib, ularning oʻrnida barcha sharoitlarga ega yangi uylar qad rostladi. Shaharchaga koʻrk bagʻishlayotgan 134 ta uylar kaliti tez kunlarda oʻz egalariga topshiriladi.

Asosiy mavzular