Askarlar Registon maydonida qasamod qilishdi

© UzANovobransi torjestvenno poklyalis na ploshadi Registan
Novobransi torjestvenno poklyalis na ploshadi Registan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak vatan himoyachilari Registon maydonida qasamod qabul qildi.

TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Samarqand garnizonidagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o‘tashga kirishgan bir guruh oddiy askarlar Registon maydonida tantanali qasamod qabul qilishdi, deb yozmoqda O‘zA.

“...So‘nggi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo‘lib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamod qilaman.

Jonajon O‘zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo‘lishga qasamod qilaman...”, - deb qasamod matnini keltiradi nashr.

© UzAAskarlar Registon maydonida qasamod qilishdi
Askarlar Registon maydonida qasamod qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Askarlar Registon maydonida qasamod qilishdi

Tantanali marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A. Saidov ishtirok etishdi.

Harbiy qasamod qabul qilib, Vatan himoyachisi degan ulug‘ nomga sazovor bo‘lgan aksarlar o‘zlariga bildirilayotgan yuksak ishonch va e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirishdi.

Registon maydonida harbiy qasamod qabul qilgan askarlarga Prezident sovg‘asi — “Temur tuzuklari”, “O‘zbekiston tarixi” kitoblari topshirildi.

© UzAAskarlar Registon maydonida qasamod qilishdi
Askarlar Registon maydonida qasamod qilishdi - Sputnik O‘zbekiston
Askarlar Registon maydonida qasamod qilishdi
Yangiliklar lentasi
0