O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi avtobus qatnovlari soni bittaga ko‘paydi

© Xokimiyat Samarkandskoy oblastiZapushen noviy mejdunarodniy avtobusniy marshrut Samarkand – Turkistan
Zapushen noviy mejdunarodniy avtobusniy marshrut Samarkand – Turkistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayyohlar oqimi oshishiga yordam berishi ta’kidlangan.

TOShKENT, 15 apr – Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi xalqaro Samarqand-Turkiston avtobus qatnovini ishga tushirdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, reyslar har kuni soat 18:00 da “Oltin O‘rda” avtovokzalidan “Samarqand” avtovokzaligacha qatnaydi.  Chimkent, Guliston va Jizzax shaharlarida to‘xtash joylari bor.

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent – Bishkek avtobus qatnovi qayta tiklandi

Ushbu yo‘nalishning ochilishi O‘zbekiston va Qozog‘istonga sayyohlar oqimi oshishiga yordam berishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 10-dekabrida Turkiston - Toshkent avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.

So‘nggi yillar davomida O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlar orasida o‘ndan ortiq xalqaro avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yildi. Ular orasida Chirchiq-Olmaota, Toshkent-Xo‘jand, Toshkent - Olmaota, Toshkent - Chimkent, Samarqand - Panjakent, Andijon - O‘sh, Toshkent - Nijniy Novgorod, Termiz - Dushanbe, Farg‘ona - Xo‘jand, Toshkent - Bishkek, Farg‘ona - O‘sh, Toshkent - Issiq ko‘l, Toshkent-Turkiston va boshqalar bor. 

Yangiliklar lentasi
0