12:43 13 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Otkrыtiye reabilitatsionnogo tsentra v Sergeliyskom rayone Tashkenta

Sergelida zoʻravonlikdan jabr koʻrgan ayollar uchun markaz ochildi

Press-slujba xokimiyata g. Tashkenta
Jamiyat
Havola olish
78 0 0

Markaz zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida tashkil etilgan.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Toshkent shahrida yana bir ayollarni reabilitatsiya qilish markazining Sergeli-Yakkasaroy tumanlararo boʻlinmasi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Reabilitatsiya markazida ayollar ruhshunos, ijtimoiy soha mutaxassislari hamda huquqshunos yordamini olishlari mumkin.

Bugunga qadar shu kabi reabilitatsiya markazlarining Shayxontohur-Olmazor, Bektemir-Mirobod-Yashnobod, Mirzo Ulugʻbek-Yunusobod tumanlararo boʻlinmalari tashkil etilgan edi. Endilikda Uchtepa-Chilonzor tumanlararo boʻlinmasini ham tashkil etish koʻzda tutilgan.

Ushbu markaz zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ogʻir ahvolda qolgan ayollarga yordam berish maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa raqamli “1146” "ishonch telefoni" ishga tushirilgan. Murojaatchining shaxsi va murojaati sir saqlanishi kafolatlanadi.

Shuningdek, shelterlar joylashgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida sir tutiladi.

Asosiy mavzular