04:32 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Sotrudniki Natsionalnoy gvardii Uzbekistana

Milliy gvardiya xodimlarining xizmat oʻtash tartibiga doir qaror loyihasi tayyorlandi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Jamiyat
Havola olish
72810

Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmat oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Intizom ustavi tayyorlandi.

TOSHKENT, 15 apr – Sputnik.  “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari bilan ishlash va ularning xizmat oʻtashini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining xizmat oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining Intizom ustavi ilova qilingan.

“Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining oʻrinbosarlari va boshqarma boshliqlari:

a) har chorakda joylarga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash bosh boshqarmasining boʻlinmalari, xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha alohida bataloni, oʻquv markazlari (Fargʻona va Jizzax viloyatlari), nazorat-ruxsat berish faoliyati boʻlinmalari rahbarlarining aniq erishilgan natijalarini koʻrsatgan holda boshqaruv qarorlari ijrosining amalga oshirilishi haqidagi shaxsiy hisobotlarini kengaytirilgan majlislarda tinglaydi;

b) har yarim yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hayʼatida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, shuningdek xizmat oʻtashni, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar talablarni inobatga olgan holda qilingan ishlar yuzasidan shaxsan hisobot beradi. Bunda quyidagilar boʻyicha aniq choralar koʻrilishi nazarda tutiladi:

tashabbus koʻrsatmaydigan va masʼuliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qoʻllash;

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining ijobiy ish tajribasini tatbiq etish va qoʻllash”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjatda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xizmat intizomi va benuqson uzluksiz xizmati uchun tashabbuskor va vijdonli xodimlarni taqdirlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining faxriy xodimi” idoraviy koʻkrak nishoni taʼsis etish haqidagi taklifi maʼqullash belgilangan.

Shu bilan birga, Milliy gvardiyasi xodimlari Ichki ishlar vazirligi oliy taʼlim muassasalari kunduzgi, sirtqi taʼlim shaklida, kasbiy tayyorgarlik fakultetida, rahbar kadrlarni tayyorlash fakulteti (oliy kurslar)da Milliy gvardiya qoʻmondoni va Ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda tayyorlanadi, qayta tayyorlanadi va malakasini oshiradi.

Asosiy mavzular