Captiva o‘rnida qanday yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi

© Chevrolet EquinoxChevrolet Equinox
Chevrolet Equinox - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan ushbu yil davomida Cevrolet Equinox va Cevrolet Trailblazer avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishini xabar qildi.

TOShKENT, 15 apr - Sputnik. GM Uzbekistan xabar qilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2019-yil davomida ikkita yangi yo‘ltanlamas avtomobillari - Chevrolet Equinox va Chevrolet Trailblazer ishlab chiqarila boshlanadi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.

“Barchaga xush kelgan Chevrolet Captiva krossoveri o‘rniga 2019-yilda ikkita yangi avtomobil ishlab chiqraishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan - Chevrolet Equinox krossoveri va Chevrolet Trailblazer – yo‘ltanlamas avtomobili. Avtomobillarni ishlab chiqarish GM Uzbekistanzavodlarida amalga oshiriladi", –deyilgan "O‘zavtosanoat" xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Captiva avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatish haqida 2018-yilda e’lon qilingan edi. O‘shanda Sputnik ekspertlari Captiva o‘rnida Chevrolet Equinox ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkinligini bashorat qilishgan edi.

© ChevroletChevrolet Equinox
Captiva o‘rnida qanday yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Equinox

O‘shanda ushbu xulosaga Chevrolet kompaniyasining Amerika va xalqaro bozorlardagi tajribasini tahlil qilish va Janubiy Koreyada Captiva o‘rnida ishlab chiqish yo‘lga qo‘yilgan avtomobil modelini o‘rganish natijasida kelingan edi.

© ChevroletChevrolet Equinox
Captiva o‘rnida qanday yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Equinox

Ikkinchidan, Chevrolet Equinox o‘zining o‘lchami, iste’mol xususiyatlari bilan bozorining aynan Captiva sotilgan segmentiga to‘g‘ri kelishi ham hisobga olingandi.

© ChevroletChevrolet Equinox
Captiva o‘rnida qanday yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Equinox

Chevrolet Equinox – bu o‘rta o‘lchamli krossover bo‘lib, hajmi 3,6 litrga, quvvati 275 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlanadi. Shuningdek unga 6 pog‘onali uzatmalar qutisi va 18 dumli g‘ilddiraklar o‘rnatiladi.

Chevrolet Trailblazer – esa haqiqiy yo‘ltanlamas avtomobil bo‘lib, u ramali kuzov, 4 g‘ildiragi tortishi, o‘qlar orasida blokirovkalar, 250 mm yo‘l klirensi, 3,6 litrli 277 ot kuchiga ega bo‘lgan benzinli dvigatel, 5 bosqichli mexanika yoki 6-bosqichli avtomat bilan jihozlanadi.

© wpaperhd.comChevrolet Trailblazer
Captiva o‘rnida qanday yo‘ltanlamas ishlab chiqarilishi ma’lum bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Chevrolet Trailblazer

Yangiliklar lentasi
0