22:13 19 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74

Parkentdagi "Katta Quyosh pechi" sayyohlar uchun ochildi

© XS
Jamiyat
Havola olish
225 0 0

“Katta Quyosh sandoni” endi strategik obʼyekt emas, uning eshiklari barchaga birdek ochildi.

TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Dunyodagi eng noyob laboratoriyalardan biri boʻlgan, Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining “Katta quyosh sandoni” laboratoriyasini endi barcha tomosha qilishi mumkin, deb xabar qilmoqda “Xalq soʻzi” nashri.

Dunyoda ana shunday majmua faqat 2ta – biri Frantsiyada boʻlsa ikkinchisi – Oʻzbekistonda. Biroq yaqin-yaqingacha ushbu noyob obʼyektga kirish uchun maxsus ruxsatnoma kerak edi. Endi boʻlsa mazkur obʼyekt barcha uchun oʻz eshiklarini ochdi. 

“Katta Quyosh pechi”ni koʻrish maqsadida kelayotgan sayyohlar kun sayin koʻpaymoqda, — deydi S. Azimov nomidagi “Fizika — Quyosh” IICHB Materialshunoslik instituti katta ilmiy xodimi, texnika fanlari nomzodi Yoʻldosh Sobirov. — Ular orasida maktab oʻquvchilari, talabalar koʻpchilikni tashkil etadi. Bizni xursand qilayotgani keyingi paytda chet ellik tadqiqotchilar ham kelishmoqda. 

Toshkent viloyati turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan viloyat hokimligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi koʻmagida tashkil etilgan info-turda “Katta Quyosh sandoni” qurilishi boʻyicha qiziqarli maʼlumotlarni taqdim etishdi.

Mazkur qurilma uchun dengiz sathidan 1100 metr balandlikdagi hozirgi joyi tanlanib, yer maydoni portlatiladi. Soʻngra 30 metr chuqurlikdan temir-beton asosli poydevori qoʻyiladi. Kontsentrator va texnologik minora joylashgan inshoot 60 metr balandlikda barpo etiladi. Uning tepasiga lift yordamida, chiqiladi. 

Qurilma yaqinida besh yulduz mehmonxona qurilgani mahalliy va xorijiy sayyohlar, ayniqsa, ilmiy turizm vakillari uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratmoqda. 

Asosiy mavzular