21:10 15 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Zaklyuchennыe v kolonii

Mahkumlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar asosida bilim oladi

Sputnik / Maksim Blinov
Jamiyat
Havola olish
66 0 0

Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi.

TOSHKENT, 18 apr – Sputnik. 2019/2021 oʻquv yilidan mahkumlarni oʻqitish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalar joriy etiladi hamda bu boʻyicha Harakatlar dasturi ishlab chiqiladi.

Bu Hukumatning “Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar uchun umumiy taʼlim va kasb-hunarga oʻqitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida koʻzda tutilgan

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekistonda bugungi kunda jazoni ijro etish muassasalarida 6 ta idoraviy umumtaʼlim maktablari va maktablarning filiallari faoliyat yuritmoqda.

Qarorga muvofiq, Toshkent viloyati IIB Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi Tarbiya koloniyasining 5-maktabi Zangiota tumani 35-maktabi bilan birlashtirildi. Hamda Probatsiya va jazolarni ijro etish boʻlimi Tarbiya koloniyasida mazkur maktabning filiali tashkil etildi.

Shuningdek, Kasb-hunar taʼlimi markazining jazoni ijro etish muassasalari hududidagi 4 ta kasb-hunar taʼlimi muassasalari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazilib kasb-hunarga oʻrgatish markazlariga aylantirildi.

Oʻzbekiston qamoqxonalarida nechta qirgʻizistonlik borligi maʼlum boʻldi

Markazlar mahkumlarga sifatli bilim beradi va mehnat bozorida talab etiladigan kasblarga tayyorlaydi, deyiladi hujjat matnida.

Asosiy mavzular