Gitlerning ulkan rejasini barbod qilgan 101 o‘zbek haqida yangi tafsilotlar

© AP PhotoAdolf Gitler
Adolf Gitler - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1942 yil 9-aprelda "101"-otradning qahramon o‘zbek-jangchilari Amersfort konslageri yaqinidagi o‘rmonzorda otib tashlangan. Otuv hukmi "mutlaqo maxfiy" grifi ostida ijro etilgan, unda faqat konslager ofitserlari qatnashgan. O‘qqa tutilishini bilgan qahramon-o‘zbeklar oliy jazo amalga oshiriladigan joyga boshlarini baland ko‘tarib, sinmagan ruhda Vatan haqida qo‘shiq aytib borganlar...

TOShKENT, 18 apr - Sputnik. Ikkinchi Jahon urushi yillarida yuksak jasorat ko‘rsatib, mardlarcha halok bo‘lgan 101 nafar o‘zbek haqida arxiv hujjatlaridan shu paytgacha oshkor etilmagan ma’lumotlar ommaga e’lon qilindi. Bir yuz bir nafar o‘zbek - Gollandiyaning Amersfort shahridagi konslagerda jahannam azobini tortgan. Askarlar ko‘rsatgan bu qahramonliklari bilan Gitlerning o‘ta mudhish rejasini barbod etganliklari, fashistlarga jahon tarixini o‘zgartirishga yo‘l qo‘ymaganliklaridan bexabar halok bo‘lishgan.

Veterani voyni tansuyut na prazdnike 9-maya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yangi medal va pul mukofoti sovg‘a qilinadi

Aprel oyining boshida "O‘zbekkino" agentligida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ko‘magida "101"-otraddan bo‘lgan qahramon o‘zbekistonliklar otuvga hukm qilingan sanaga bag‘ishlangan "Toshkent - Amsterdam teleko‘prigi" o‘tkazildi.

Uzoq yillar davomida fashistlar gollandiyaliklarga nemis armiyasi kim bilan urush oborayotgani, Qizil Armiya askarlari aslida kimligini ko‘rsatish maqsadida 101 nafar o‘zbek-jangchisini Amersfort shahridagi konslagerga olib kelishgani haqida aytilar edi.

2017-2018 yillarda "O‘zbekkino" milliy agentligi va BENILYuKS mamlakatlaridagi O‘zbekiston elchixonasi shafeligi ostida yozuvchilar - Anvar Irgashev hamda Yuliya Medvedkovskaya tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar tufayli yangi noyob ma’lumotlar oshkor bo‘ldi.

Ma’lum bo‘ldiki, o‘zbek askarlari fashist Germaniyasining "propaganda mashinasi" qurboni bo‘lgan va o‘ta muhim maxfiy aksiya uchun atayin saralab olingan. Adolf Gitlerning shaxsan o‘zi Reyx vaziri Gebbels va reyxfurer Gimmler boshchiligidagi idoralarga Qizil Armiya askarlari haqida propaganda ruhidagi film yaratishni buyurgan, kartinada askarlar inson qadr-qimmatidan mahrum, notavon va qoloq mavjudotlar sifatida jonlantirilishi lozim edi. Rejaga ko‘ra, bularning barchasi Ikkinchi jahon urushining eng muhim - Moskva uchun bo‘ladigan jangi oldidan nemis askarlarining "tushib borayotgan ruhi"ni ko‘tarishga xizmat qilardi.

SPUTNIK_22 iyunya - den nachala Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Ogohlantirishsiz hujum qilishgan: 79-yil oldin Ulug‘ Vatan urushi qanday boshlangan

Ushbu filmning yaratilishi furer tomonidan eng ustuvor vazifa etib e’lon qilingan. Kartina 1941-yil noyabr oyida ekranlarga chiqishi kutilayotgandi. Suratga olish guruhiga reyxning eng yaxshi kinematografchilari jalb etilgan. Bir yuz bir nafar o‘zbek o‘g‘lonlari asir saqlanayotgan Amersfort konslagerida esa film uchun "material tayyorlanishi" lozim edi.

Aftidan hammasi reja asosida borayotgandi, hatto Gebbels Gimmler bilan birga furerga operatsiya "muvaffaqiyatli o‘tkazilgani" haqida bayon berishga otlanadi va kutilmaganda rejalar barbod bo‘ladi. Amersfort konslagerida asir-o‘zbeklar tomonidan ko‘rsatilgan mardonavorlik, qat’iy intizom va milliy madaniyat Gitler rejalari amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ha, ular atigi 101 nafar edi! Lekin ular haqiqiy jangchilar edi!

Fashist askarlari mafkuraviy yordamdan mahrum bo‘ladi, Moskva uchun jang oldidan ularning ruhi ko‘tarilmaydi! Ular bu jangni nafaqat boy beradi, balki u yerda bir millionga yaqin askar va ofitserlarini yo‘qotadi. Fashist Germaniyasi g‘alaba qozongan taqdirda insoniyat tarixi mutlaqo boshqacha kechgan bo‘lar: dunyo xalqlarini ommaviy qullik va ommaviy qirg‘in kutardi.

Voini Krasnoy Armii na Xarbinskom aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qahramonlari haqida kitob-albom yaratiladi

1942 yilning 9-aprel sanasida "101"-otradning qahramon o‘zbek-jangchilari Amersfort konslageri yaqinidagi o‘rmonzorda otib tashlangan. Otuv hukmi "mutlaqo maxfiy" grifi ostida o‘tgan, unda faqatgina konslager ofitserlari ishtirok etishgan. O‘qqa tutilishini bilgan qahramon-o‘zbeklar oliy jazo amalga oshiriladigan joyga boshlarini baland ko‘targan holda, sinmagan ruh bilan Vatan haqidagi qo‘shiqni baralla kuylab borganlar...

"Ikkinchi jahon urushida erishilgan g‘alabaga jonlarini fido qilib bebaho hissa qo‘shgan 101 o‘zbek qahramonlarining ushbu jasorati butun dunyo insonlari xotirasida mangu yashaydi", - deyiladi "O‘zbekkino" milliy agentligi maqolasida.

Ikkinchi jahon urushi davomida fashizmga qarshi kurashda qatnashgan o‘zbekistonliklar nomlarini abadiylashtirish, yosh avlodni ota-bobolari ko‘rsatgan jasoratlar namunasida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston prezidentining 2018-yilda qabul qilingan farmoni asosida qator chora-tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0