14:53 15 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Studentы v auditorii

Toshkentda yana bir xorijiy universitet tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev
Jamiyat
Havola olish
454 0 0

“Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. “Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Loyihada taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Adju universiteti (Koreya Respublikasi) oʻrtasida Adju universiteti taʼlim dasturlarini joriy qilish toʻgʻrisida Kelishuv loyihasi ishlab chiqilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Toshkent shahrida Adju universitetini tashkil etishda Adju universiteti (Koreya Respublikasi)ga dastlabki konsultatsiya ishlarini bajarishi uchun toʻlovni amalga oshirish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga 2,1 mln. AQSH dollari ekvivalenti miqdorida konvertatsiya xarajatlarini inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha mablagʻ ajratsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Shuningdek, Adju Universitetiga oʻtkazib beriladigan 2,1 mln. AQSH dollari ekvivalenti miqdoridagi mablagʻ soliqqa tortish obʼyekti emasligi belgilab qoʻyilishi qayd etilgan.

Adju universiteti Janubiy Koreyaning Suvon shahrida joylangan. Universitet 1973 yilda tashkil etilgan. Ushbu oliygoh texnika, tibbiyot va axborot texnologiyalari sohalariga ixtisoslashgan. Universitetda xorijiy tinglovchilar uchun shifoxona faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy mavzular