Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumaniga tashrif buyurdi

© Foto: Saida Mirziyoyeva / FacebookSaida Mirziyoyeva posetila Bukinskiy rayon Tashkentskoy oblasti
Saida Mirziyoyeva posetila Bukinskiy rayon Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumanida prezidentning 5ta tashabbusi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Kecha 20-aprel kuni Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva Bo‘ka tumaniga tashrif buyurdi.

Saida Mirziyoyeva stala zamdirektora Agentstva informatsii i massovix kommunikatsiy - Sputnik O‘zbekiston
Saida Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga direktor o‘rinbosari bo‘ldi

Facebookda joylashtirilgan xabarga asoasan, tashrifdan maqsad prezidnt Shavkat Mirziyoyevning 5ta tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarda ishtirok etish bo‘lgan. 

“Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 5 ta tashabbusini Bo‘ka tumanida joriy qilish bo‘yicha respublika va tuman sektorlari ishchi guruhlari bilan birgalikda belgilangan ishlarni amalga oshirish jarayonida bevosita ishtirok etdim. 

Tumandagi “Bo‘ston” madaniyat markazi atrofida va 28-son umumta’lim maktabi o‘rnida o‘z ichiga 5 ta tashabbusni mujassamlantirgan kishloq ma’naviy ma’rifiy markazlarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdim.

Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda olib borilayotgan ishlar natijadorligi va guruh oldida turgan vazifalarni atroflicha muhokama qilib, aniq va istiqbolli strategik reja ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi. 

Saida Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p: Saida Mirziyoyeva yangi ish joyi haqida

Prezidentimiz ilgari surgan tashabbuslar ijrosining o‘zagi sifatida men maktablarni belgilagan bo‘lar edim. Fikrimcha aynan maktablarni 5 ta tashabbus zamirida madaniyat, ma’rifat, sport va kompyuter texnologiyalari o‘chog‘i sifatida belgilab olsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Bu borada o‘z taklif va mulohazalaringizni bersangiz”, - deyilan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning beshta tashabbusi yoshlar va xotin-qizlar ravnaqiga qaratilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:

1. Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

2. Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

3. Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

4. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

5. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0