15:03 24 May 2019
Efir
  • RUB131.06
  • EUR9439.00
  • USD8460.92

Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirildi

© Foto: Saida Mirziyoyeva / Facebook
Jamiyat
Havola olish
129730

Oʻzbekiston yoshlarining ravnaqiga qaratilgan prezident 5ta tashabbusini amalga oshirish boʻycha Saida Mirziyoyevaga takliflar bildirildi.

TOSHKENT, 21 apr – Sputnik. Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari Saida Mirziyoyeva kecha 20 aprel kuni Boʻka tumaniga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu tashrif prezidentning 5ta tashabbusi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni kuzatish va ularda ishtirok etish maqsadida amalga oshirilgan edi. Tashrif soʻngida Saida Mirziyoyeva Facebookda xabar yozib, uning soʻngida “Bu borada oʻz taklif va mulohazalaringizni bersangiz”, - degan edi.

Shundan soʻng, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosariga koʻplab takliflar bildirildi. Quyida ushbu takliflardan eng dolzarblarini keltiramiz:

Dima Qayum: Maktablarni tabaqalashtirmay hammasiga bir hil sharoit qilish kerak. Qishloqlarga kutubxonalar zarur!

Kamila Zaxidova: Maktablarga ikkichi, xuligan va betaʼsir oʻquvchilarga, ota-onalarning oʻquv jarayoniga aralashishiga qarshi chora qoʻllash huquqi beringlar. Boʻlmasa oʻquvchining yomon oʻqishi uchun oʻqituvchilar jazolanayapti. Shu sabab koʻp oʻqituvchilar maktabdan ketishga majbur boʻlishayapti. Ularning oʻrniga esa, “oʻtkinchi” oʻqituvchilar kelmoqda.

Ulugʻbek Odil: Maktablarda makulatura, temir-tersak yigʻishni uzil-kesil bas qilish kerak. Olimpadalardagi korruptsiya (poraxoʻrlik, tanish bilishchilik va boshqa gʻirrom variantlar) ni yoʻq qilsa boʻladimi bizning asrda?

Botirjon Shermuhammad: Maktab programmasiga toʻgʻri nafas olish, oratorlik sirlari kabi hayotda foyda beradigan kurslar kiritilishi kerak. Quruq yodlashni kamaytirib, taxliliy fikrlash ustida ishlash kerak.

Ulugbek Xusainov: Saidaxon, siz Toshkentni emas, respublika buylab boshka viloyatlardagi kishlok maktablariga borib axvolni kuring. Ogohlantirishsiz borgan maʼqul, prezidentimiz borganda berkitib axvolni yashirib usti yaltirok obektlarnigina kursatishadi. Siz aksincha yemon axvoldagi karovsiz kolgan maktab va shu kabi muassasalarni kursating davlat raxbariga.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan eʼlon qilingan 5ta tashabbus yoshlarni musiqa, rassomlik va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, jismoniy chiniqtirishga, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Undan tashqari yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targʻib qilish hamda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashni nazarda tutadi.

Asosiy mavzular