O‘zbekiston musulmonlari uchun haj safari xarajati arzonlashtirildi

Obuna bo‘lish
2019 yil uchun haj ziyoratining narxi belgilandi.

TOShKENT, 23 apr – Sputnik. 2019-yildan o‘zbekistonlik musulmonlar uchun haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekistonda Haj va Umra ziyorati uchun qo‘shimcha aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi

2018 yilda O‘zbekiston fuqarolari uchun Haj ziyoratini amalga oshirish xarajatlari 38 million so‘mni tashkil etgan edi.

2019 yildan Saudiya Arabistonida barcha xizmatlarga 5 foizlik qo‘shilgan qiymat solig‘i va mehmonxonalarga 2,5 foizlik soliq kiritildi. Shunga ko‘ra bu yil haj ziyorati sarf-xarajatlari taxminan 42-43 million so‘m bo‘lishi kutilayotgan edi.

“Davlatimiz rahbarining irodalari va sa’y-harakatlari natijasida joriy yildan fuqarolarimiz haj safari xarajatlari 33,3 million so‘mgacha tushirildi, ya’ni haj ibodatini amalga oshirishni 10 million so‘mga arzonlashtirishga erishildi. “Haj-2019” mavsumidan so‘ng umra safari 1,3 millionga arzonlashtirildi. Shuningdek, “Haj-2018” to‘lovidan ortgan 926,5 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ har bir ziyoratchiga qaytirib berildi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0