Suv toshqinlarini bartaraf etish uchun maxsus Shtab tashkil qilindi

© Press-slujba xokimiyata TashkentaLikvidatsiya posledstviy navodneniya v Tashkente
Likvidatsiya posledstviy navodneniya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimiyatida suv bosishni oldini olish bo‘ychia 24 soat uzuluksiz ishlaydigan maxsus shtab tashkil qilindi.

TOShKENT, 24 apr – Sputnik. Toshkentda cuv toshqinlarni bartaraf etish uchun tuman hokimlari, ixtisoslashgan tashkilotlar rahbarlari ishtirokida maxsus shtab tashkil qilindi. 24 soat davomida navbatchilik tartibida ishlaydigan shtabga Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari boshliq etib tayinlandi, deyilgan hokimiyat xabarida.

© Press-slujba xokimiyata TashkentaToshkentda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish
Suv toshqinlarini bartaraf etish uchun maxsus Shtab tashkil qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish

Maxsus shtab Toshkent shahrida suv toshqinlari bilan bog‘liq ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish, toshqinlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish bilan shug‘ullanadi.

“Xususan, 19–23 aprel kunlari shahar miqyosida jami 40 dan ortiq hududda yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun turli funksiyadagi 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Yog‘ingarchilik miqdori uzluksiz va avvalgi yillarga nisbatan ko‘pligi munosabati bilan Shtab ishchi guruhi tomonidan eng birinchi navbatda, avtomobillar serqatnov bo‘lgan yo‘llar va aholi gavjum hududlarni hamda bosqichma-bosqich ichki ko‘chalardagi toshqinlarni bartaraf etish ishlari yo‘lga qo‘yildi”, - deyilgan xabarda.

© Press-slujba xokimiyata TashkentaToshkentda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish
Suv toshqinlarini bartaraf etish uchun maxsus Shtab tashkil qilindi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish

Eslatib o‘tamiz, Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi hafta boshida Toshkent shahrida aprel oyida Yog‘ingarchilik miqdori rekord darajada ko‘p bo‘lganiini, ayniqsa, 23-24 aprel kunlari kuchli yog‘ingarchilik yuz berishi haqidagi ma’lumot tarqatgan edi. Shunga asosan Toshkent shahar hokimiyati ham shoshilinch xabarnoma tarqatgan edi.

Yangiliklar lentasi
0