07:05 16 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Xolodnaya voda iz krana

Sovuq suvning narxi keyinroq koʻtariladi

CC0 / Unsplash / Jacek Dylag
Jamiyat
Havola olish
449 0 0

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sovuq suvning yangi narxi 10 mayidan amalga kiritilishi lozimligi toʻgʻrisida "Suvsoz”ga koʻrsatma berdi.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. Oʻzbekiston Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi sovuq suv yangi narxi 2019 yilning 10 mayidan amalga kiritilishi lozimligi toʻgʻrisida “Suvsoz” DUKga koʻrsatma berdi.

Buning sababi “Suvsoz” DUK tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga amal qilinmagan.

Eslatib oʻtamiz, Toshkentda 24 apreldan sovuq suv narxi oshirilishi haqida xabar 25 aprel kuni paydo boʻldi.

““Suvsoz” DUK tomonidan Toshkent shahrida ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmati tariflariga maxsus ustama haq miqdorini belgilash boʻyicha www.suvsoz.uz veb-sayt orqali 2019 yilning 25 aprelida isteʼmolchilarga eʼlon berilganligini inobatga olib, amalga kiritiladigan yangi narx (tarif, maxsus ustama)larni mazkur eʼlon berilgan sanadan oʻn besh kundan keyin, yaʼni 2019 yining 10 mayidan amalga kiritilishi lozimligi toʻgʻrisida Qoʻmita tomondan “Suvsoz” DUKga tegishli koʻrsatma berilganligi maʼlum qilinadi,” - deyilgan qoʻmita xabarida.

Xabarda aytilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 28 oktyabrdagi 239-son qarori talablarida yangi narx (tarif)lar tabiiy monopoliya subʼyektlari tomonidan ular kuchga kirishidan kamida oʻn besh kun avval ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi belgilangan.

“Suvsoz” DUK tomonidan maxsus ustama narxlari yuzasidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon berilmay, “Toshkent oqshomi” gazetasining  2019 yil 9 apreldagi 57-sonida Toshkent shahar hokimligi tomonidan 2019 yil 2 apreldagi “Toshkent shahrida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari tariflariga maxsus ustama haq miqdorini belgilash toʻgʻrisida”gi 499-sonli qarori chop etilganligi korxona tomonidan eʼlon berilgan deb hisoblanilgan.

Bu bilan korxona tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi talablariga amal qilinmagan.

Agar “Suvsoz” DUK tomonidan bajarilmagan taqdirda korxonaga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar qoʻllaniladi.

Asosiy mavzular