05:31 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Jamiyat
Havola olish
553 0 0

Shveytsariya federal sudi Gulnora Karimovaning avtomobillarini sotishni va muzlatilgan hisob raqamidagi mablagʻlardan foydalanishni taʼqiqladi.

TOSHKENT, 29 apr - Sputnik. Shveytsariya Federal sudi, Oʻzbekiston Birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova ishi boʻyicha ikkita muhim qaror qabul qildi, deb yozmoqda mahalliy nashrlar.

Birinchidan, Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan uchta superkar: Mercedes-Benz SLR 2DR,   Bentley Arnage va Range Rover Sport V8 – sotuvga chiqarilmaydi. Ular Karimovaga tegishli boʻlgan hovli hududida qoladi. Maʼlumot uchun, ushbu avtomobillar umumiy qiymati 1 mln frank deb baholanmoqda.

Ikkinchidan, Federal sud Gulnora Karimova ishi bilan shugʻullanayotgan prokuror Patrik Lamonni ushbu ishdan chetlatdi. Sabab - 2018 yilning sentyabrida Oʻzbekistonga amalga oshirilgan tashrif uchun sanktsiya olmagan. Karimovani himoya qiluvchi tomon ushbu tashrif “shubhali boʻlgan” deb taʼkidlamoqda. Sud ham ushbu tashrifdan soʻng ishda hech qanday yangi dalil isbotlar paydo boʻlmaganini qayd etgan.

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi hisob raqamlarida 800 mln frank mablagʻ muzlatib quyilgan. Sud ushbu mablagʻlar muzlatilgan holda qolishini qayta tasdiqladi.

Qiziq fakt – oʻtgan yilning iyul oyida Gulnora Karimovaning advokati Greguar Manja prokuraturaga ushbu mablagʻdan 500 mln frankini ishlatishga ruxsat soʻragan. Advokat aytishiga qaraganda mablagʻlar “Gulnora Karimovani himoya qilish bilan bogʻliq boʻlgan turli xarajatlarni qoplash uchun” kerak boʻlgan. Lekin sud advokatning ushbu talabiga ham rad javobini berdi.

Sud oʻz qarorini ikki sabab bilan izohladi: birinchidan, mablagʻlar noqonuniy yoʻl bilan olingan boʻlish ehtimoli kattaligi. Ikkinchidan esa, sud Greguar Manja yollangan advokat emas, davlat tomonidan tayinlangan advokat ekanligi va ushbu ishda uning xarajatlari va maoshi davlat tomonidan qoplanayotganini koʻrsatib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyining boshida, Greguar Manja Zangiota tuman ayollar koliniyasida boʻlib Gulnora Karimova bilan shaxsan uchrashgan edi.

Asosiy mavzular