17:30 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
206 0 0

TOSHKENT, 29 apr – Sputnik. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xodimi Sputnik muxbiriga Oʻzbekistonda bolalar guruhini tashkiliy tashish qoidalarini tushuntirib berdi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan tunda Toshkent viloyatida maktab oʻquvchilari guruhini olib ketayotgan avtobus YTHga uchrab yonib ketgan, yoʻlovchilardan 12 nafari turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.

IIBB xodimining soʻzlariga koʻra, birinchi navbatda, maktab oʻquvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil qilayotgan tashkilot, IIVning tegishli boʻlimiga yozma ravishda murojaat qilib, sayohat sanasi, yoʻnalishi, oʻquvchilar soni va transport vositasi haqida xabardor qilishi va ruxsatnoma olishi kerak.

Ruxsatnoma berish uchun quyidagilar bajariladi: 

  • Avtobus texnik koʻrikdan oʻtkaziladi; 
  • Agar sayohatda ishtirok etayotgan avtobus 1 dona boʻlsa – unga ichki ishlar tomonidan 1 nafar kuzatuvchi tayinlanadi;
  • Agar avtobuslar soni 2,3 yoki undan koʻp boʻlsa, YHXB tomonidan kuzatuv mashinasi beriladi;   
  • bolalarga xizmat koʻrsatayotgan avtobusning yoʻlovchi tashish uchun amal qiluvchi litsenziyasi boʻlishi kerak. Litsenziya - Avtomobil transporti agentligi tomonidan beriladi; 
  • bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan avtobusning old va orqa tomonida "Bolalar guruhini tashish" yoʻl belgisi oʻrnatilgan boʻlishi kerak. 1.21- yoʻl belgisi - qizil hoshiyali, ichiga bolalar tasviri tushirilgan, sariq rangdagi toʻrtburchak koʻrinishidagi belgi;

Maʼlumot uchun, 2016 yil 1 martdan boshlab kuchga kirgan, “Yoʻl harakati qoidalari”ga  asosan, yoʻnalishli transport vositalariga daxli boʻlmagan avtobuslarda sakkiz va undan ortiq bolalarning tashkiliy tashilishi - tashkillashtirilgan bolalar guruhi hisoblanadi.

 

 

Asosiy mavzular