03:36 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum

Pensiya va nafaqalarni tayinlashga doir hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
90110

Bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash boʻyicha davlat xizmatilari koʻrsatishning maʼmuriy reglament loyihalari tayyorlandi.

TOSHKENT, 30 apr – Sputnik. “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Qaror loyihasiga “farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”;

“Pensiya va nafaqa tayinlanganligi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”;

“Bola tugʻilganda beriladigan nafaqa tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”;

“Pensiya va nafaqa miqdori toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti”;

“Dafn marosimlarini oʻtkazish uchun beriladigan nafaqa pulini tayinlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” ilova qilingan.

Hujjat loyihasida 2019 yilning 1 avgustiga qadar maʼmuriy reglamentlar boʻyicha davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi qayd etilgan.

Pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning toʻlovi miqdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarni berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtiriladi.

Shuningdek, qaror loyihasida bola tugʻilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻliq avtomatlashtirilishini taʼminlash maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi maʼlumotlar bazasini “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi taʼminlash qayd etilgan.

Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tugʻilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladi va nafaqa puli AT “Xalq banki”ning tegishli filiallari tomonidan toʻlanadi.

Asosiy mavzular