20:11 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
1024 0 0

Britaniyalik olim doimiy ochlik hissi qaysi kasallik rivojlanayotganidan darak berishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 1 may – Sputnik. Doimiy ochlik hissi qand kasalligi rivojlanayotganidan darak berishi mumkin. Bu haqda Express nashri xabar qilmoqda.

Britaniyalik olim Metyu Keypxornning soʻzlariga koʻra, agar inson taom isteʼmol qilgandan soʻng ochlik hissini sezishda davom etsa, shifokorga murojaat qilish lozim.

U kechki ovqatga alohida eʼtibor qaratish kerakligini tushuntirdi. Agar toʻyimli taom isteʼmol qilinsa, ochlik hissi ovqatlanishdan soʻng olti soat ichida paydo boʻlmasligi kerak.

Uyquga yotishdan oldin tamaddi qilgingiz kelsa, bu ham xavotirli alomat. Chunki uyqudan oldingi ishtaha metabolik buzilishlar yoki qondagi saxar miqdori oshishining yana bir muhim belgilaridan hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq non tayyorlashda mahsulot mogʻor bosishini oldini olish uchun propionat moddasi qoʻshilishi, bu esa gormon darajasi yuqori boʻlishi, semizlik va qand kasalligiga olib kelishi mumkinligi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular