19:25 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
48710

Vazirlik xabariga koʻra, bemorning ruhiy holatidagi oʻzgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek koʻringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta boʻlgan. 

TOSHKENT, 2 may - Sputnik. Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Toshkentdagi ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida roʻy bergan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlanini maʼlum qildi, deb xabar berdi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Ilgariroq, ijtimoiy tarmoqlarda turmush oʻrtogʻi Toshkent shahar klinik psixiatrik shifoxonasida davolanayotgan ayolning murojaati eʼlon qilingan edi. Ayol oʻz murojaatida kasalxonadagi shifokorlar bemorlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlayotganliklarini maʼlum qilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, 1994 yilda tugʻilgan fuqaro I. A. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16 aprel kuni sogʻligʻi yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va oʻsha kuni shifoxonaga joylashtirilgan.

"Bemorning ruhiy holatidagi oʻzgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek koʻringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta boʻlgan. Ruhiy holatiga koʻra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qoʻllanilgan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni boʻshashtiradi, tinchlantiradi va uyquchanlik chaqiradi.

Joriy yil 22 aprelda roʻy bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi", - deyiladi rasmiy axborotda.

Vazirlik shuningdek, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib borilishi, agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qoʻpol munosabatda boʻlish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar koʻrilishini eslatib oʻtgan.

Asosiy mavzular