12:38 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
330 0 0

Oltinchi may muborak Ramazon oyining ilk kunidir.

TOSHKENT, 6 may - Sputnik. 2019 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 6 may kuniga toʻgʻri keldi.

Bu oyni dunyoning barcha moʻʼmin-musulmonlari ham oʻzgacha shukuh, xursandchilik va tilovat bilan oʻtkazishadi. Ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam koʻrsatiladi. 

Roʻzador musulmonning tilidan har xil keraksiz gaplar chiqmasligi, roʻza tutgan kishi gʻiybat, chaqimchilik kabi ishlardan uzoq boʻlishi, haqoratli gap-soʻzlarni gapirmasligi lozim. Shuningdek, oʻzga roʻzadorlarni ham hurmat qilishi, ularga shirin soʻzlashi, mushkullarini oson qilib berishlari buyuriladi.

Oʻzbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidenti qarori eʼlon qilindi.

Qaror "milliy va diniy qadriyatlarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlash, el-yurt uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bagʻrikenglik, shukronalik kabi olijanob gʻoyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida" qabul qilingan.

Toshkent IIBB haydovchilarni Ramazon oyida masjidlarga jamoat transportida kelishga chaqirdi

Asosiy mavzular