15:40 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Tsvetы i pamyatnыe svechi, arxivnoye foto

Toshkentliklar “Sheremetyevo”dagi fojiadan soʻng Rossiya elchixonasiga gullar olib kelmoqda

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)
362 0 0

Kecha Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida sodir boʻlgan aviahalokat oqibatida 41 kishi halok boʻldi. Rossiya Tergov qoʻmitasi jinoiy ish qoʻzgʻatdi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Toshkent aholisi Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida sodir boʻlgan aviahalokat soʻng Rossiya elchixonasi binosi oldiga motam ramzi sifatida gullar olib kelishmoqda. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Tsvetы u posolstva RF v Uzbekistane
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Tsvetы u posolstva RF v Uzbekistane

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Moskva shahrining "Sheremetyevo" aeroportida samolyotning favqulodda qoʻnishi oqibatida insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik maktubi yoʻllab, halok boʻlganlarning yaqinlariga samimiy taʼziya va hamdardlik bildirib, jarohat olganlarning tez fursatda sogʻayishlarini tilagan edi.

Tsvetы u posolstva RF v Uzbekistane
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Tsvetы u posolstva RF v Uzbekistane

5 may,yakshanba kuni kechqurun Moskva-Murmansk yoʻnalishi boʻyicha parvozni amalga oshirayotgan Sukhoi Superjet100 samolyoti halokatga uchradi. Parvozning 28 daqiqasidan soʻng ekipaj aeroportga favqulodda qaytishga qaror qildi.

Yomon ob-havo tufayli samolyot ikkinchi urinishdan soʻng yerga qoʻnishga erishdi.Keskin qoʻnish natijasida layner shassi stoykalari sinib ketib, dvigatellari yonib ketadi.

Keyinchalik yongʻin samolyotning qanot qismiga oʻtadi. Halokat oqibatida 41 kishi halok boʻldi, 33 nafar yoʻlovchi va 4 nafar ekipaj aʼzolari omon qoldi.

Viloyatda uch kunlik motam eʼlon qilindi. Halok boʻlganlarning oila aʼzolariga bir million rubl, jabrlanganlarga 500 ming rubl beriladi.

Fojiadan soʻng Tergov qoʻmitasi jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev tergov oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasini tuzish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

Oʻzbekiston TIV xabariga koʻra, 2019-yilning 6-may kuni ertalab holatiga koʻra 5-mayda Moskvadagi “Sheremetevo” aeroportiga samolyotning favqulodda qoʻnishi natijasida qurbon boʻlganlar va jarohatlanganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq.

Mavzu:
Sheremetyevodagi mudhish aviahalokat (8)

Asosiy mavzular