03:56 28 Yanvar 2020
Efir
  • RUB153.89
  • EUR10541.66
  • USD9563.33
Jamiyat
Havola olish
472430

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

TOSHKENT, 6 may – Sputnik. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining 2019 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori boʻyicha qarori eʼlon qilindi.

"Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hayʼatining milodiy 2019 yil (hijriy 1440 yil) uchun zakot nisobi 1 gramm tillaning bugungi kunda bozorlarimizdagi oʻrtacha narxi 200 000 (ikki yuz ming) soʻm ekanligini eʼtiborga olib, zakot nisobi 85 (sakson besh) gramm tilla, yaʼni 17 000 000 (oʻn yetti million) soʻm deb belgilangani va mazkur summaning qirqdan bir (1/40) hissasi, yaʼni 425 000 (toʻrt yuz yigirma besh ming) soʻmni zakot niyatida chiqarilishi haqidagi xulosasi maʼqullandi.

Maʼlumki, fitr sadaqasi Paygʻambarimiz sallallohu alayhi vasallamning hadislariga binoan toʻrt narsadan chiqariladi. Ular bugʻdoydan yarim soʼ, arpadan bir soʼ, mayizdan yarim soʼ va xurmodan bir soʼdir. Bir soʼ taqriban (≈) 4 kilogrammdir”, - deyilgan xabarda.

Shunga koʻra, bu yilgi fitr sadaqasining miqdori Toshkent shahar bozorlaridagi narxga koʻra:

≈ 2 kilogramm bugʻdoydan 6 000 (olti ming) soʻm;
≈ 4 kilogramm arpadan 10 000 (oʻn ming) soʻm;
≈ 2 kilogramm mayizdan 70 000 (yetmish ming) soʻm;
≈ 4 kilogramm xurmodan 100 000 (yuz ming) soʻm boʻladi.

“Har kim oʻz imkoniyatiga qarab ushbu toʻrt mahsulotning xohlagan bir turidan fitr sadaqasini bersa kifoya.

Bu yilgi fidya miqdori bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida boʻlib, uning oʻrtacha qiymati 15 000 (oʻn besh ming) soʻm, deb belgilandi”, - deyilgan musulmonlari idorasi xabarida.

Asosiy mavzular