14:37 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Jamiyat
Havola olish
196 0 0

Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20.00 dan 24.00 gacha poytaxtning ayrim koʻchalari yopiladi.

TOSHKENT, 6 may – Sputnik. Toshkent shahar IIBBRamazon oyida Toshkentdagi ayrim koʻchalar kechasi yopilishi haqida xabar qildi. 

Yoʻl harakati xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlash, shuningdek masjidlar qavmlari uchun qulaylik yaratish maqsadida muborak Ramazon oyi kunlarida har kuni soat 20.00 dan 24.00 gacha quyidagi koʻchalar transport vositalarining harakati uchun berkitiladi:

Olmazor tumani:

Keles koʻchasi – Noraztepa koʻchasidan Sogʻbon koʻchasi, 2-berk koʻchasigacha;

Sergeli tumani:

Qipchoq koʻchasi – Yangi Sergeli koʻchasidan temiryoʻl oʻtish joyi va U. Mahmudov koʻchasigacha ;

Uchtepa tumani:

Lutfiy koʻchasi – Katta Xirmontepa koʻchasidan Katta Qani koʻchasigacha;

Chilonzor tumani:

Al-Xorazmiy koʻchasi – Katta Xirmontepa koʻchasidan Katta Qani koʻchasigacha;

Shayxontoxur tumani:

Mannon Uygʻur koʻchasi – Nurafshon koʻchasidan Beshqayragʻoch koʻchasigacha va Oqsoy koʻchasining bir qismi;

Yakkasaroy tumani:

Yakkasaroy koʻchasi – Bogʻiboʻston koʻchasidan S. Nasafiy koʻchasigacha;

Yashnobod tumani:

Fargʻona yoʻli koʻchasiga tutashgan ikkinchi darajali yoʻl – M. Ashrafiy koʻchasidan Norxoʻjayev koʻchasigacha.

"Barchadan muborak Ramazon oyi kunlarida avtotransport vositalarni masjidlar yonida boshqalarning yoʻlini toʻsgan holda qoldirmasdan, Toshkent shahar hokimiyati va IIBB tomonidan maxsus tashkillashtirilgan joylarda qoldirishni soʻraymiz. Imkon qadar shahar jamoat transportlari xizmatlaridan foydlalanishingizni soʻrab qolamiz, - deyiladi IIBB xabarida.

Asosiy mavzular