10:31 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
28310

Sputnik va NTV telekanalining “Tы super! Tantsы” xalqaro teleloyihasi ishtirokchisi oʻzbekistonlik Anastasiya Molokova tanlovdan soʻng bir necha yil oʻtib, Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga hozirgi hayoti va orzulari haqida soʻzlab berdi.

Nastya – Toshkent viloyatining Boʻka shahridagi bolalar uyi tarbiyalanuvchisi. Shahar, viloyat va respublika tadbirlarida doimiy ravishda ishtirok etib keladi. U Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan yorqin motoshouda oʻz tengdoshlari bilan chiqish qildi. Yosh raqqosa Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga bergan intervyusida oʻzining hayot tarzi, intilishlari va orzulari haqida soʻzlab berdi.

“Hayot davom etmoqda. Men hozir faol ravishda raqslar bilan shugʻullanib, chiqishlar qilib turaman. Agar ilgari  asosan oʻzbek raqslari bilan shugʻullangan boʻlsam, loyihada ishtirok etgan soʻng boshqa davlatlar raqs sanʼatiga qiziqishim ortdi. Mening guruhlarim katta emas – 10-12 kishidan iborat. Turli raqslarni, jumladan, hind raqslarini oʻrganyapmiz”, - deydi Anastasiya Molokova

Uning eng katta orzusi kelajakda shaxsiy raqs maktabini ochish va oʻz maqsadiga erishish uchun tinimsiz harakat qilmoqda. Shuningdek, u yoshlarga raqs sirlaridan saboq berishni niyat qilib qoʻygan.

"Tы super! Tantsы" konkursining oʻzbekistonlik ishtirokchilari Moskvani hayratda qoldirdi

Anastasiya Molokova Durdona Irgasheva i Monika Dodarbekova bilan birgalikda Sputnik va NTV telekanalining  “Tы super! Tantsы”  xalqaro teleloyihasi chorak final ishtirokchilaridan sanaladi. Teleloyihada ular oʻzlaring buxorocha milliy raqslari bilan tomoshabinlar qalbini zabt etishgan edi.

Asosiy mavzular