Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkaziladi

© Sputnik"Bessmertniy polk" v Tashkente
Bessmertniy polk v Tashkente  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 9-may kuni trotuarlar va piyoda yo‘lakalari bo‘ylab “Birodarlik qabristoni” majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi So‘nmas olov yodgorligigacha musiqiy dastur bilan piyoda o‘tiladi.

TOShKENT, 7-may – Sputnik. 2019-yil 9-may kuni trotuarlar va piyoda yo‘lakalari bo‘ylab “Birodarlik qabristoni” majmuasidan to Mustaqillik maydonidagi So‘nmas olov yodgorligigacha musiqiy dastur bilan piyoda o‘tiladi.

Bu haqda Toshkentda “O‘lmas polk” aksiyasi Facebook sahifasida post yozilgan.

Tashkilotchilar yozishicha, saf qat’iyan trotuarlar va piyoda yo‘lkalari bo‘yicha harakatlanadi.

“shuning uchun agar kimdir transport vositalari qatnaydigan yo‘lga chiqishga yoki svetoforning qizil chiroq ishorasiga yo‘lni kesib o‘tishga da’vat etsa, biz bundaylarning ta’siriga tushib qolmasligimiz kerak, biz bunday “aqllini” videoga tushiramiz va militsiya xodimlariga taqdim etamiz”, - deb yozilgan postda.

Postda harakat rejasi va chorrahalarga yetib kelishning taxminiy vaqtlari yozilgan.

© Facebook / Aksiya "Bessmertniy Polk" v TashkenteV Tashkente 9-maya proydet aksiya "Bessmertniy polk"
Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente 9-maya proydet aksiya "Bessmertniy polk"

Ta’kidlanishicha, soat 12:38 da “Mustaqillik” maydonidagi So‘nmas olov, gulchambar qo‘yish rejalashtirilgan.

© Facebook / Aksiya "Bessmertniy Polk" v TashkenteV Tashkente 9-maya proydet aksiya "Bessmertniy polk"
Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente 9-maya proydet aksiya "Bessmertniy polk"

“Safga uning harakati davomida xohlagan paytda orqa tomonidan qo‘shilish mumkin. Oldingi qatorga suqilmaymiz. Chorrahalardagi piyodalar o‘tish joyidan faqat yashil chiroqqa harakatlanamiz. Saf sekin harakatlanadi, shuning uchun hech kim ortda qolmaydi”, - deyilgan postda.

© Facebook / Aksiya "Bessmertniy Polk" v TashkenteV Tashkente 9-maya proydet aksiya "Bessmertniy polk"
Toshkentda 9-may kuni “O‘lmas polk” aksiyasi o‘tkaziladi - Sputnik O‘zbekiston
V Tashkente 9-maya proydet aksiya "Bessmertniy polk"

"O‘lmas polk" - "Bessmertniy polk" - Ulug‘ Vatan urushi qatnashchilari xotirasini saqlab qolish maqsadida o‘tkaziladigan xalqaro fuqarolik-vatanparvarlik harakatidir.

Aksiya Rossiya va boshqa davlatlarda o‘tkaziladi.

Yurish ishtirokchilari har yili G‘alaba kunida o‘z qarindoshlarining suratlarini ko‘targan holda kolonna bo‘lib ko‘chalardan o‘tadilar.

Yangiliklar lentasi
0