20:40 25 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Jamiyat
Havola olish
27410

"Ramazon oyining birinchi kunidan to oxirigi kunicha barcha ehtiyojmand oilalar aʼzolariga metallokeramik tishlar va tish protezlari mutlaqo tekinga qoʻyib beriladi", - dedi stomatolog Begzod Asadov.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Qirgʻizistonlik stomatolog estafeta boshlab berdi – u sovgʻa tariqasida Ramazon oyida bemorlarni bepul davolashga qaror qildi.

Oʻzbekistonlik stomatologlar bu aktsiyani davom ettirishga qaror qilishdi.

Video rolik muallifi soʻzlariga koʻra, Ramazon oyining birinchi kunidan to oxirigi kunicha barcha ehtiyojmand oilalar aʼzolariga metallokeramik tishlar va tish protezlari mutlaqo tekinga qoʻyib beriladi.

Manzil: Yunusobod 13, 64 A uy, “Doktor Shavkat Islom klinikasi”, shifokor Asadov Begzod Xandiyorovich.

2019 yil 6 maydan muborak Ramazon oyi boshlandi.

Bu oyni dunyoning barcha moʻʼmin-musulmonlari ham oʻzgacha shukuh, xursandchilik va tilovat bilan oʻtkazishadi. Ezgulik va saxovat ila yordamga muhtoj kishilarga yordam koʻrsatiladi.

Oʻzbekistonda Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston prezidenti qarori eʼlon qilindi.

Qaror "milliy va diniy qadriyatlarga boʻlgan hurmat va eʼtiborni yanada mustahkamlash, el-yurt uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-muruvvat ramzi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazish, ushbu oyda islom dinining tinchlik, bagʻrikenglik, shukronalik kabi olijanob gʻoyalari hamda insonparvarlik mohiyatini keng targʻib qilish maqsadida" qabul qilingan.

Asosiy mavzular