Qimmatbaho mashinadagi o‘zbekistonliklar pensionerlarni stomatolog navbatidan siqib chiqardi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishOchered k vrachu
Ochered k vrachu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mahalliy Telegram-kanallarining xabar qilishicha, tish shifokori huzuriga badavlat, qimmatbaho mashina mingan kishilar kelib, bepul tish qo‘yib berishni talab qila boshlashgan.

TOShKENT, 7-may - Sputnik. “Ezgulik estafetasi” ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va insonlar olqishiga sazovor bo‘ldi.

Mahalliy Telegram-kanallarining xabar qilishicha, tish shifokori huzuriga o‘ziga to‘q, qimmatbaho mashina mingan kishilar kelib, bepul ko‘rikdan o‘tkazishni talab qila boshlashgan.

“Xafa bo‘ladigan joyi shuki, “oltin” raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, bepulga tish qo‘ydirib ketishga harakat qilishmoqda. Bugun klinikaga o‘zlarining yetarlicha mablag‘i bo‘la turib, bepul tish qo‘ydirishga kelgan insonlar ham ko‘p uchradi”, - deydi klinika boshlig‘i.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, mazkur aksiya pensionerlar va kam ta’minlangan kishilarni muborak Ramazon oyida bepul davolash maqsadida tashkil etilgan. Ramazon oyining oxirigacha ro‘yxatdan o‘tgan oltmish kishiga bepul xizmat ko‘rsatiladi va ayni damda ro‘yxatga olish ishlari yakunlangan.

Shuningdek, u biror tadbir munosabati bilan aksiya o‘tkazilsa, fuqarolarga ushbu xabar yetkazilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik stomatologlar qirg‘izistonlik stomatolog boshlab bergan aksiyani davom ettirishga qaror qilishgani haqida xabar qilgan edik.

Shifokor Ramazon oyining birinchi kunidan to oxirigi kunicha barcha ehtiyojmand oilalar a’zolariga metallokeramik tishlar va tish protezlari mutlaqo bepul qo‘yib berishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0