22:24 16 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Stolovaya

IIV boshqaruvidagi muassasalarda autsorsing tizimi joriy etiladi

© Ministerstvo oboronы Uzbekistana.
Jamiyat
Havola olish
140 0 0

IIVning harbiy qismlarida, taʼlim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.

TOSHKENT, 7 may – Sputnik. Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlari tizimida taomlar turlari xilma-xillashtiriladi va ovqat tayyorlash sifati yaxshilanadi.

IIVning harbiy qismlarida, taʼlim muassasalarida, vaqtincha saqlash hibsxonalari va davolash muassasalarida ovqat tayyorlash uchun autsorsing tizimi joriy etiladi.

Autsorserga ovqatlanishni tashkil qilish uchun oshxonalarning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebellari nol stavkada ijaraga beriladi.

Ovqat tayyorlash uchun foydalaniladigan mahsulotlar sanitariya va gigiyena qoidalariga hamda boshqa normativ talablarga mos boʻlishi lozim.

Autsorsing tizimiga oʻtish munosabati bilan tejalgan mablagʻlar tizimning ovqatlanish sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.

Asosiy mavzular