11:22 17 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya Diktant Pobedы

Olijanob aktsiya: Toshkentda "Gʻalaba diktanti" qanday oʻtdi?

Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Jamiyat
Havola olish
9 may - Gʻalaba bayrami, Xotira va qadrlash kuni (29)
26610

Oʻzbekiston fuqarolari Rossotrudnichestvo tashabbusi bilan tashkil etilgan yangi maydon - “Gʻalaba diktanti” aktsiyasida ilk bor Ulugʻ Vatan urushi haqidagi bilimlarini sinab koʻrish imkoniga ega boʻldilar.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Dilshoda Rahmatova "Gʻalaba Diktanti" oʻtkazilgan maydonchada boʻlib, oʻz taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

Rossotrudnichestvo binosi tomon yoʻl olar ekanman, Oʻzbekiston uchun yangilik boʻlgan aktsiyada ishtirok etishga shoshilayotgan oʻnlab koʻngillilar qatoridan oʻrin oldim.

V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya Diktant Pobedы
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya "Diktant Pobedы"

"Siz ham "Diktant"da ishtirok etasizmi?”, – savol berdim yonimda ketib borayotgan ayolga. U gʻurur bilan bosh silkidi, soʻngra goʻyo meni ogohlantirmoqchi boʻlganday, tezda soʻradi: “Voy, "Gʻalaba diktanti” test shaklida oʻtkazilishini bilasizmi?”

Men "ha" dedim. Maʼlum boʻlishicha, suhbatdoshim diktant yozma shaklda boʻladi, deb oʻylagan ekan, biroq yangi format ham unga manzur boʻldi - u savollarga javoblarni qisqa vaqtda belgilash mumkinligidan xursand edi.

Tadbir yuksak darajada tashkil qilingandi. Aktsiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurganlarning barchasi birma-bir roʻyxatga olindi, ularning har biriga maxsus qora rangli gelli ruchkalar tarqatildi. Aktsiyada ishtirok etuvchilarga shuningdek, Georgiy tasmasi ulashildi va tashkilotchilarga yordamga kelgan volonter qizlar fuqarolarni maxsus tayyorlangan auditoriyalarga kuzatib qoʻyishdi.

V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya Diktant Pobedы
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya "Diktant Pobedы"

Men diktantni kuzatmoqchi boʻlgan auditoriya 25 kishiga moʻljallangan. Birinchi bor oʻtkazilayotgan aktsiyada esa jami 50 fuqaro ishtirok etdi. Diktant boshlanishiga yarim soatdan kamroq vaqt qolgan edi, va bu daqiqalar xursandchilik va koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi. Ishtirokchilar bir-birlari bilan ochiq chehra bilan suhbatlashishar, aktsiya haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashishar edi. Ishtirokchilar kayfiyatidan ular "Gʻalaba Diktanti" aktsiyasida ishtirok etayotganlaridan cheksiz faxrlanayotganini, shu tariqa urush qatnashchilariga hurmat bajo keltirishni oʻzlarini burchi deb qabul qilganliklarini payqash qiyin emas edi.

Aktsiyaga kim tashrif buyurdi?

Diktantda ishtirok etayotgan yosh ayollardan biri tadbirda turli yoshdagi ishtirokchilarni koʻrib, hayron boʻlganini aytdi. “Men maktab oʻquvchilari kelishsa kerak, deb oʻylagandim. Lekin hatto katta yoshdagi ayollar ham ishtirok etishga qaror qilishganini koʻrib, hayratim oshdi”, - dedi u.

Roppa-rosa 14:00 da auditoriyaga istarali, xushmuomala qiz kirib keldi. U toʻplanganlarga diktant yozish tartibi va ushbu "olijanob" aktsiyaning ilk bor oʻtkazilayotgani haqida soʻzladi.

“Bu aktsiya yana bir bor tinchlik hammamiz uchun muhim ekanligini koʻrsatadi. Barchamiz birga ekanmiz, xotira bor ekan – eng ezgu va muqaddas tuygʻu shudir”, - deb taʼkidladi u.

Soʻngra ishtirokchilarga Ulugʻ Vatan urushi tarixi toʻgʻrisida 20 ta savollar berilgan blankalar tarqatildi. Tabiiyki, diktant vaqtida gadjet va turli mobil vositalardan foydalanish taʼqiqlandi.

V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya Diktant Pobedы
Sputnik / Dilshoda Raxmatova
V stolitse proxodit istoricheskaya aktsiya "Diktant Pobedы"

Gʻalabani qoʻlga kiritish uchun belgilangan mezonlar oddiy edi: kam vaqt ichida koʻproq toʻgʻri javoblarni belgilash lozim.

Diktantdan soʻng qatnashchilar fikriga qiziqdim. Taʼkidlashlaricha, savollar unchalik qiyin boʻlmagan. Toshkentlik Yelena "Gʻalaba Diktanti" Ulugʻ Vatan urushining asosiy voqealarini xotirada qayta tiklashga yordam berganini va u oʻzi uchun yangi maʼlumotlarni bilib olganini aytdi.

“Ushbu aktsiya ajdodlarimizning tinchlik uchun jon fido qilgan vaqtlarni yodga soladi. Ular bizning hayotimiz va kelajagimiz uchun qurbon boʻlishgan. Axir Ulugʻ vatan urushi va u haqdagi xotiralar koʻp millatli mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir kishi uchun  - bu muqaddas. Shunga oʻxshash aktsiyalar oʻtkazilayotgani juda toʻgʻri”, - dedi u.

Kelgusi yil Rossotrudnichestvo maydonchalar sonini koʻpaytirishni rejalashtirmoqda, ehtimol, mazkur aktsiya mamlakatning boshqa regionlarida ham oʻtkaziladi.

Mavzu:
9 may - Gʻalaba bayrami, Xotira va qadrlash kuni (29)

Asosiy mavzular