22:59 21 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Trudovaya knijka

Oʻzbekistonda necha kishi pensiya va ijtimoiy nafaqa oladi?

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
337 0 0

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tezkor tahliliy maʼlumotlarni taqdim etdi.

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. 2019 yilning 1 aprel holatiga pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 542 463 nafarni yoki aholi sonidagi ulushi 10,7% tashkil qildi. Mazkur raqamlar Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tezkor tahliliy maʼlumotlarida keltirilgan.

Bu koʻrsatkich, Toshkent shahrida 13,5%, Navoiy viloyatida 11,9%, Toshkent viloyatida 11,7%, Buxoro viloyatida 11,4%, Fargʻona viloyatida 11,1%, Andijon va Sirdaryo viloyatlarida 10,8%, Xorazm viloyatida 10,7%, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 10,4%, Namangan viloyatida 10,0%, Samarqand viloyatida 9,9%, Qashqadaryo viloyatida 9,5%, Surxondaryo viloyatida 9,3% va Jizzax viloyatida 8,9%.

3 542 463 nafar pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilardan:

• yoshga doir pensiya oluvchilar - 2 656 396 nafar (74,9%)ni;
• nogironlik pensiyasi oluvchilar - 374 999 nafar (10,6%)ni;
• boquvchisini yoʻqotganlik pensiya oluvchi oilalar - 175 907 ta (4,9%)ni;
• ijtimoiy nafaqa oluvchilar - 335 161 nafar (9,6%)ni tashkil qildi.

Mujchina demonstriruyet pensionnoye udostovereniye
© Sputnik / Yevgeniy Yepanchintsev

2019 yilning birinchi choragida 84 260 nafar fuqarolarning murojaatlariga asosan ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlandi, shundan 57 781 tasi (68,6%) yoshga doir pensiya, 7 053tasi (8,4%) nogironlik pensiya, 5 226 tasi (6,2%) boquvchisini yoʻqotgan oilaga pensiya va 14 200 tasi (16,8%) ijtimoiy nafaqa.

2019 yilning 1 aprel holatiga, Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining (TMEK) nogironlik belgilangani toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilarning umumiy soni 658 747 nafarni tashkil qilib, yil boshiga nisbatan 13 382 nafar (2,1%)ga koʻpaydi (shundan, 16 yoshdan katta yoshdagi nogiron shaxslar 10 154 nafar (1,9%) va 16 yoshgacha nogiron bolalar soni 3 228 nafar (3,2%).

2019 yilning birinchi choragida Tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyalarining (TMEK) nogironlik belgilangani toʻgʻrisidagi birlamchi tibbiy maʼlumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan 17 391 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga ilk bor nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlanib, jami yangi tayinlangan pensiya va ijtimoiy nafaqalar sonidagi ulushi 20,6 %ni tashkil qildi. Shundan, 12 067 nafari (69,4%) 16 yoshdan katta yoshdagi nogiron shaxslar va 5 324 nafari (30,6%) 16 yoshgacha nogiron bolalar. 2018 yilning birinchi choragida 78 607 nafar fuqarolar murojaatiga asosan ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlangan. Ulardan 16 210 nafari (20,6%)ga nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqa tayinlangan.

Shundan:

Tibbiy mehnat-ekspertiza komissiyalari (TMEK)ning birlamchi nogironlik maʼlumotnomalariga asosan 16 yoshdan katta yoshdagi 12 067 nafar shaxslarga nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlanib, 2018 yilning birinchi choragiga nisbatan 928 nafar (8,3%)ga koʻpaydi;

Tibbiy maslahat komissiyalari (TMK) tomonidan berilgan birlamchi nogironlik tibbiy xulosalarga asosan 5 324 nafar 16 yoshgacha nogiron bolalarga nogironlik nafaqa tayinlanib, 2018 yilning birinchi choragiga nisbatan 253 nafar (5,0%)ga ortdi.

2019 yilning birinchi choragida TMEK hamda TMKlarning birlamchi nogironlik maʼlumotnomalari va tibbiy xulosalariga asosan Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan yangi tayinlangan nogironlik pensiya va ijtimoiy nafaqalar soni 2018 yilning birinchi choragiga nisbatan 1 181 ta (7,3%)ga hamda qayta tibbiy koʻriklar natijasi boʻyicha umumiy nogiron shaxslar soni 13 382 ta (2,1%)ga ortdi.

Asosiy mavzular