03:17 11 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Prosmotr zapreщennыx agitatsionnыx materialov

Oʻzbekistonda ekstremistik tashkilot nomlari roʻyxati maʼlum qilindi

Collage Sputnik / Jeshu John
Jamiyat
Havola olish
1645 0 0

Adliya vazirligi ekstremistik tashkilot nomlari roʻyxatini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 8 may – Sputnik. Adliya vazirligi matbuot xizmati ekstremistik tashkilot nomlari roʻyxatini eʼlon qildi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 30 iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining  14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasida tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish sud tartibida amalga oshiriladi.

Tashkilotni ekstremistik tashkilot deb topish toʻgʻrisidagi ariza Oʻzbekiston Bosh prokurori tomonidan Oʻzbekiston Oliy sudiga beriladi.

Qaysi tashkilotlarga nisbatan sudning ularni ekstremistik tashkilot deb topish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ularning faoliyatini taqiqlash toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud boʻlsa, oʻsha tashkilotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Adliya vazirligi va Oliy sudining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi lozim.

“Oʻzbekiston 2018 yil 30 iyuldagi “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining hududiga ekstremistik materiallarni, ekstremistik tashkilotlarning atributlari va ramziy belgilarini olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish, shuningdek ularni ommaviy axborot vositalarida yoxud telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatish va namoyish etish taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur moddaga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan, tayyorlanayotgan, saqlanayotgan, tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻida tarqatilayotgan va namoyish etilayotgan materiallar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ekstremistik materiallar deb topiladi”, - deyilgan xabarda.

Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 12 martdagi hal qiluv qaroriga koʻra, internet jahon axborot tarmogʻining “najot.info” va “hizb-uzbekiston.info” veb-saytlari hamda “Facebook”, “Youtube” va “Telegram” axborot resurslari va ijtimoiy tarmoqlardagi quyidagi nomlardagi profil, kanal va sahifalari ekstremistik va terroristik deb topildi

Adliya vazirligi 40 ta profil, kanal va sahifalarning roʻyxatini taqdim etgan.

Asosiy mavzular