19:23 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50
Mujchina derjit naruchniki

Toshkentda bugun “oʻgʻrilar” ham “vaziyat egalari” ham yoʻq – sobiq jinoyatchi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Jamiyat
Havola olish
145310

“Koʻcha” soʻzida bugun kriminal maʼno deyarli qolmagan - IIBB.

TOSHKENT, 11 may – Sputnik. Toshkentda bugun “oʻgʻrilar” ham “vaziyat egalari” ham "kuzatuvchilar" ham yoʻq, - deb sobiq jinoiy hudud vakilining soʻzlarini keltiradi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, Toshkentda bugun “Koʻcha” soʻzining maʼnosi ham oʻzgarib, unda kriminal maʼno deyarli qolmagan. Ushbu fikr tasdigʻi sifatida IIBB, sobiq jinoiy muhit aʼzolaridan biri boʻlgan, 52 yoshli Dilmurod K.ning (ismi oʻzgartirilgan) coʻzlarini keltirib oʻtgan.

“...Men ilgar bir necha bor turli xil jinoyatlar uchun sudlanib, uzoq vaqt ozodlikdan mahrum boʻlganman. Oʻzbekistonda bugun “oʻgʻrilar tushunchasi” ham, davlat hududida jinoiy muhitni tartibga solib turadigan hech qanday “vaziyat egalari” ham, “kuzatuvchilar” ham yoʻq. Bu endi qiziq emas. Menga bir nazar soling: biznes bilan shugʻullanaman, hammasi qonun doirasida – butun madaniyatli dunyodagi kabi. Muammolar boʻlib turadi, lekin ularni barchasini qonuniy hal etish mumkin”, - deydi Dilmurod K.

Aytish joizki, IIBB tomonidan yuqoridagi maʼlumot, ayrim internet saytlarda paydo boʻlgan, hozir ham Toshkentda 90 yillarda Rossiyada boʻlgani kabi “jinoiy guruhlar” tomonidan tadbirkorlardan “ulush undirish” amaliyoti saqlanib qolgani haqidagi, manbai nomaʼlum boʻlgan, tasdiqlanmagan xabarlarni inkor etish maqsadida keltirilgan.

Asosiy mavzular