13:10 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Snos domov

Adliya vazirligi koʻchmas mulk huquqini tiklash boʻyicha aktsiya eʼlon qildi

© Sputnik / Andrey Varenkov
Jamiyat
Havola olish
506 0 0

TOSHKENT, 11 may – Sputnik. Adliya vazirligi fuqarolarning mulk huquqini himoya qiladi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” telegram kanali.

“Adliya vazirligi joriy yilning 10 maydan — 30 iyun kuniga qadar fuqarolarning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn murojaatlarni qabul qilish va hal etish boʻyicha AKTSIYA eʼlon qiladi”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik, xususan, quyidagi holatlar yuzasidan, onlayn arznomalar qabul qilishni boshladi:

  • Koʻchmas mulk huquqi buzilishi;
  • Turar joy noqonuniy buzilishi;
  • Buzilgan imorat uchun kompensatsiya toʻlanmasligi;
  • Qoniqarsiz kompensatsiya taklif etilishi;
  • Koʻchmas mulkka egalik huquqi berilmasligi.  

Yuqorida qayd etilgan qonunbuzarliklarga barham berish vaqti keldi, deyilgan xabarda.

Koʻchmas mulk sohasida buzilgan huquqlarini tiklash uchun fuqarolar ushbu havola orqali murojaat etishlari mumkin. 

Asosiy mavzular