13:08 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Toshkentda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjid ochildi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
168820

Shavkat Mirziyoyev yangi qurilgan masjidga tashrif buyurib, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ilmiy merosini oʻrganishni tavsiya qildi.

TOSHKENT, 11 may – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Chilonzor tumanidagi Soʻgalli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomida yangi qurilgan majmuaga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidda

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi ulkan majmua 2 gektardan ziyod maydonda qurilgan boʻlib, uning tarkibida masjid, konferents-zal, oʻquv xonalari muzey va tahoratxonalar joy olgan. Majmuaga yaqin joydagi Soʻgalli ota maqbarasi ham taʼmirlangan, atrofi tozalangan.

Eslatib oʻtamiz, bundan 1 yil oldin, 2018 yilning fevral oyida Shavkat Mirziyoyev ushbu joyga kelib, masjidni keng va koʻrkam qilib qurish boʻyicha topshiriqlar bergan edi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidda konferents-zal

Maʼlumki, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy boʻlgan. Turli diniy-maʼrifiy mavzularda yuzdan ziyod kitoblar yozib, islom dini mohiyatini toʻgʻri yetkazish, odamlarning bilim va maʼnaviyatini oshirishga katta hissa qoʻshgan.

Shavkat Mirziyoyev ushbu masjid Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomiga munosib boʻlganini taʼkidlab u kishining ilmiy merosini oʻrganish, maʼrifat va odob-axloq mavzularida koʻproq kitoblar chop etish, jamiyatimizdagi maʼnaviy muhitni mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomidagi masjidda tahoratxona

Asosiy mavzular