19:43 22 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.34
  • EUR9673.87
  • USD8584.50

FVV choʻmilish mavsumi arafasida xavfsizlik choralarini koʻrmoqda

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina
Jamiyat
Havola olish
15310

FVV choʻmilish mavsumi arafasida, suv havzalarida xavfsizlik mavzusida faol tashviqot olib bormoqda.

TOSHKENT, 11 may – Sputnik. Oʻzbekistonda choʻmilish mavsumi yaqinlashib kelayotgan vaqtda respublika Favqulodda Vaziyatlar vazirligi aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Xususan, taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda mart-may oylari dvomida respublika boʻyicha 970 ta umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlarida jami 286 ming nafar oʻquvchilar va 45 ming nafar oʻqituvchi-xodimlar bilan “Fuqaro muhofazasi kuni” doirasida “Suv havzalarida choʻmilish qoidasi – salomatlik va xavfsizlik garovi” mavzusida tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbirlar davomida choʻmilish jarayonida xavfsizlik qoidalariga amal qilish, choʻkayotgan insonga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha harakatlar amaliy namoyish etilib, 48 mingdan ortiq eslatmalar tarqatildi va 700 tadan ziyod koʻrgazmali burchaklar tashkil qilindi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ham 30dan ortiq koʻrgazmali amaliy seminarlar oʻtkazilib, tadbir qatnashchilariga eslatmalar, bukletlar va boshqa koʻrgazmali vositalar tarqatildi.

Ikkinchidan, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sogʻliqni saqlash, Xalq taʼlimi vazirliklari va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan jami 222 ta bolalar sogʻlomlashtirish va dam oldirish oromgohlari koʻrikdan oʻtkazilib, ularning choʻmilish havzalari va basseynlari taʼmirlandi, birlamchi qutqaruv anjomlari va tibbiyot vositalari bilan jihozlandi, targʻibot - tashviqot burchaklari tashkil qilindi.

Uchinchidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi,  viloyatlar va Toshkent shahar FVBlari tomonidan aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlari yuzasidan gazeta va jurnallarda 201 ta, televideniyada 486 ta va radio orqali 310 marotaba chiqishlar qilindi. 

Toʻrtinchidan, respublika boʻyicha suv obʼyektlarida 4037 ta “Choʻmilish qatʼiy taqiqlanadi!”, “Kupaniye strogo zapreщayetsya!” belgilari oʻrnatildi.

Beshinchidan, “Mahalla”, “Yoshlar” va “Dunyo boʻylab” telekanallari orqali “Respublikaning choʻmilish havzalarida xavfsizlikni taʼminlash choralari”, “Suvda choʻkish bilan bogʻliq bahtsiz xodisalarning oldini olish”, “Suvda xavfsizlik qoidalari” mavzusidagi telekoʻrsatuv va videoroliklar efirga uzatib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda 50 dan ortiq suv omborlarida, sunʼiy koʻllarda, istirohat bogʻlaridagi sunʼiy koʻllarda qoʻriqlanadigan plyajlar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

Asosiy mavzular