13:33 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77

Toshkentda kanal boʻyida yangi saylgoh barpo etildi

© Prokuratura
Jamiyat
Havola olish
521 0 0

"Damashi" kanali qirgʻoq boʻyida "Soy boʻyi" saylgohi tashkil etildi. U yerda restoranlar, kovorking markazi, fitness klub va boshqa obʼyektlar bor.

TOSHKENT, 12 may – Sputnik. Toshkentning Olmazor tumanida “Damashi” kanalining uzunligi 1 100 metr boʻlgan qirgʻoq boʻyida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, “Soy boʻyi” sayilgohi barpo etildi, deb xabar qilmoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Kanal qirgʻoq boʻyi hududi 7 ta alohida boʻlaklarga boʻlinib u yerlarda tadbirkorlar restoranlar, dam olish maskanlari, Kovorking markazi, fitness klubi va boshqa obʼyektlar barpo etildi. Ular orasida jahonga mashhur Eyfel va Piza minoralari, Luvr piramidasi va boshqa shunga oʻxshash obʼyektlar maketlari ham bor.

River Park v Tashkente

Shuningdek, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus asosida parkka tutash hududda qulay kutubxona ham barpo etilgan.

“Soy boʻyi” saylgohi Vazirlar Mahkamasining 30.07.2018 yilgi 616-F-sonli farmoyishiga asosan, Bosh Prokuratura tomonidan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan barpo etilgan.

River Park v Tashkente

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil boshida Toshket shahrida suv boʻyida bir necha saylgohlar tashkil etish haqida eʼlon qilingan edi. Unga koʻra 2019 yil oxiriga qadar Toshkentda suv boʻylarida yana bir necha saylgohlar ishga tushishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular