08:55 18 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Voyennoslujaщiye Uzbekistana prinyali uchastiye v ozdorovitelnoy aktsii

Mudofaa vazirligi Toshkentda salomatlik aktsiyasi oʻtkazdi

Press-slujba Minoboronы Uzbekistana
Jamiyat
Havola olish
11710

Salomatlik aktsiyasida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.

TOSHKENT, 12 may - Sputnik. Toshkentda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida salomatlik aktsiyasi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi xabariga asosan.

“Bugun, 12 may kuni ertalab soat 8.00da Mudofaa vazirligi hamda Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Sogʻ tanda — sogʻlom aql” shiori ostida ommaviy yurishi boʻlib oʻtdi”, - deyilgan xabarda.

Ushbu tadbirning asosiy maqsadi - aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlashdir.

Ommaviy tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani “YEKO” bozori oldidan “Feruza” massivi boʻylab oʻtkazildi. Yurish aktsiyasi ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamkorxlik qildi.

Aktsiya soʻnggi nuqtasi “Finish” chizigʻi oldida tadbir ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Asosiy mavzular