O‘zbekistonda maktablarda telefondan foydalanish mumkinmi?

© Sputnik / Vladimir TrefilovRossiyskiy festival nauki NAUKA O+
Rossiyskiy festival nauki NAUKA O+ - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Adliya vazirligi maktablarda ta’lim oluvchilarga qaysi holatlarda telefonlardan foydalanishga ruxsat etilishi borasida eslatma bilan chiqdi.

TOShKENT, 13-may – Sputnik. O‘zbekiston Adliya vazirligi maktablarda fuqarolarga qaysi holatlarda telefonlardan foydalanishga ruxsat etilishi borasida eslatma bilan chiqdi.

Shkolniki vo vremya peremeni, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Maktab o‘quvchilari uchun maxsus mobil aloqa dasturini ishlab chiqish taklif qilindi

Qayd etilishicha, ta’lim oluvchilarga mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi, yaqin qarindoshlari, maktab rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth, Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

“Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq Shayxontohur tumanidagi 141-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida nizo chiqqani xaqida xabar qilgan edik. XTV bayonotiga ko‘ra,  ikki o‘quvchining ota-onalari o‘z majburiyatlarini bajarmaganliklari uchun jarimaga tortilgan. O‘quvchi dars jarayoniga xalaqit bergan va o‘qituvchining tanbehiga qaramay, u baland ovozda gapirib, darsga xalaqit bergan. Ushbu jarayonni shu sinf o‘quvchisi uyali telefoniga tasvirga olib, sinfdoshlariga Telegram messenjeri orqali yuborgan va natijada video qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0