07:47 12 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Uzbekskiye militsionerы

Oʻzbekistonda militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik uchun jazo kuchaytiriladi

Sputnik
Jamiyat
Havola olish
51910

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini tayyorladi.

Hujjat umumiy muhokamaga qoʻyildi.

Yangi hujjat bilan Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 219-moddasi quyidagi quyidagi tahrirda bayon etilishi mumkin:

“219-modda. Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish yoxud unga nisbatan zoʻrlik ishlatish

Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish, xuddi shuningdek xizmat vazifasini bajarishi munosabati bilan hokimiyat vakiliga yoxud fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga nisbatan hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatish –

eng kam oylik ish haqining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarni qanday shaklda boʻlmasin oʻzining xizmat vazifasini yoki fuqaroviy burchini bajarishdan voz kechishga yoxud qonunga xilof harakatlar sodir etishga majbur qilish, xuddi shuningdek ularga nisbatan hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan zoʻrlik ishlatish –

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.

Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga quyidagi oʻzgartishlar kiritiladi:

194-modda. Militsiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik:

birinchi qismining sanktsiyasidagi “ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanktsiyasidagi “ikki baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtiriladi;

195-moddaning - Militsiya xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish sanktsiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtiriladi;

198-modda. Hokimiyat vakilining qonuniy talablarini bajarmaslik yoki xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:

birinchi qismining sanktsiyasidagi “ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan ikki baravarigacha” degan soʻzlar “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtiriladi;

ikkinchi qismining sanktsiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar “uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – besh baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtiriladi.

Asosiy mavzular