23:25 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
USAID postavit novыy protivotuberkuleznыy preparat v Uzbekistan

USAID Xalq taʼlimi vazirligiga $19,5 mln grant ajratdi

© Flickr / USAID U.S.
Jamiyat
Havola olish
128 0 0

USAID ajratgan mablagʻlardan “IT Nation” hamda “English speaking nation” dasturlarini amalga oshirida foydalaniladi.

TOSHKENT, 13 may – Sputnik. AQShning Xalqaro rivojlanish boʻyicha agentligi USAID, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligiga 19,5 mln dollar miqdorida grant ajratadi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

“USAID Oʻzbekistonda xalq taʼlimi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, xususan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ingliz tilini oʻqitishni rivojlantirish uchun $19,5 million (165 milliard soʻm) miqdorida grant taqdim etish haqida qaror qabul qildi”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu mablagʻlar maktab boshqaruviga, oʻquv qoʻllanmalarni takomillashtirishga hamda oʻqituvchilarning mazkur oʻquv qoʻllanmalardan taʼlim jarayonida foydalanish boʻyicha bilimlarini oshirishga sarflanadi.

Loyiha Xalq taʼlimi vazirligining oʻquvchilarning axborot texnologiyalari sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan “IT Nation” tashabbusini amalga oshirishda ilmiy asoslangan strategiya yaratishda koʻmak beradi.

Shuningdek, USAID agentligi mazkur loyiha davomida Xalq taʼlimi vazirligiga zamonaviy taʼlim usullarini joriy etish yoʻllari bilan bir qatorda mamlakatimiz maktablarida ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirishga qaratilgan “English speaking nation” dasturini amalga oshirishda yordam beradi.

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu grant Xalq taʼlimi vazirligi hamda AQSH hukumati oʻrtasida hamkorlik doirasida amalga oshirilgan dastlabki loyihalardan biri hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 27 fevral kuni xalq taʼlim vaziri Sherzod Shermatov hamda Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha davlat kotibining oʻrinbosari, elchi Elis Uells, shuningdek,  AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbarining Markaziy va Janubiy Osiyo buyicha oʻrinbosari yordamchisi Xavyer Pyedra Toshkentda uchrashib ushbu hujjatni imzolashgan edi.

Asosiy mavzular