Orzudagi ish: O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yangi loyihani taqdim etdi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk / Mediabankka o‘tish"Yarmarka vakansiy"
Yarmarka vakansiy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchixona veb-saytida maxsus bo‘lim ochilib, unda yuqori malakali fuqarolar uchun O‘zbekiston davlat va xususiy tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

TOShKENT, 14-may – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari” nomli yangi loyihani taqdim etdi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Loyihamiz sizga o‘zingiz orzu qilgan ishni topish va beqiyos Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissangizni qo‘shish imkonini beradi deb umid qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Elchixona veb-saytida maxsus bo‘lim ochilib, unda yuqori malakali fuqarolar uchun O‘zbekiston davlat va xususiy tashkilotlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.

Shvetsiyada “bekorchi” ish o‘rni paydo bo‘ldi – ish haqi 2320 dollar

Jadvalda ish beruvchi, faoliyat sohasi, lavozim turi, ish hududi, nomzodlarga talablar, ish haqi hamda murojaat qilish yoki rezume yuborish uchun telefon raqamlari havola etilgan. Jadvaldagi ma’lumotlar tegishli tashkilotlardan murojaatlar kelishiga qarab muntazam yangilab boradi.

Yangiliklar lentasi
0