Ko‘p ishlash xavfli(mi)?

Obuna bo‘lish
Melburn universiteti olimlari 7,5 ming nafar erkak va ayol ko‘ngillilar ustida izlanishlar olib borishdi.

TOShKENT, 14-may - Sputnik. Melburn universiteti olimlari 40 yoshdan oshgan kishilarning ko‘p ishlashlari ularning sog‘liqlari uchun ziyon ekanligini isbotlashdi.

Kakoy xleb pekut v raznix stranax mira - Sputnik O‘zbekiston
Nonda xavfli modda aniqlandi – olimlar tadqiqot natijalari

Avstraliyalik tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan maqolada haftasiga uch kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ishlash ancha unumliroq ekanligi qayd etilgan.

Olimlar 40 yoshga to‘lgan 7,5 ming nafar erkak va ayol ko‘ngillilar ustida izlanishlar olib borishdi. Ularni ushbu tadqiqot ishtirokchilarining xotira, abstrakt fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatlari qiziqtirgan. Asosiy maqsad ularning ish joyida samaradorligini baholash bo‘lgan.

Avvaliga tadqiqot ishtirokchilari haftasiga taxminan 60 soat mehnat qilishgan. So‘ngra esa ularning ish soati haftasiga 30 soatgacha qisqartiriladi.

Sbor i pererabotka chaya v Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Hamisha navqiron: Yoshlikni uzaytirishi mumkin bo‘lgan o‘simlik topildi

O‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ishtirokchilarning ishlash samaradorligi ko‘rsatgichlari ish soati haftasiga 25 soatgacha (haftasiga uch kun) qisqartirilgandan so‘ng yaxshilangan. Biroq ish soati haftasiga 55 soatgacha uzaytirilganda keskin yomonlashgan.

Ma’lumotlar buning asosiy sababi stress va charchoq kabi omillar ekanligini ko‘rsatgan.

Shu bilan birga, ushbu tadqiqotda yosh xodimlar o‘zlarini qanday namoyon qilgan bo‘lishlari ma’lum emas. Ba’zi olimlarlarning fikriga ko‘ra, agar tadqiqotda yosh ko‘ngillilar ham ishtirok etganda xuddi shu kabi ko‘rsatgichlarni qayd etgan bo‘lishardi.

Yangiliklar lentasi
0