06:39 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
350 0 0

2019 yil 1 maydan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

- umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi;

- maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi;

- koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi;

- bolalarni koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yoʻllash boʻyicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya toʻgʻrisidagi.

Otkrыtiye pervogo v Uzbekistane spetsializirovannogo doshkolnogo uchrejdeniya s reabilitatsionnыm tsentrom
Press-slujba ministerstva doshkolnogo obrazovaniya Uzbekistana

Qarorga koʻra, 2019 yil 1 maydan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi.

Asosiy mavzular