10:39 24 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Jamiyat
Havola olish
153 0 0

Pedagogik kengash har yili 15 iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

TOSHKENT, 14 may – Sputnik. Hukumat qarori bilan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi rasmiy hujjatlarni berish tartib toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, attestat va sertifikatlarni bitiruvchilarga topshirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

- har yili 10 iyunga qadar bitiruvchilarning baholari, oʻquv-tarbiya jarayoni bilan bogʻliq hujjatlar (sinf jurnali, baholar tabeli) oʻrganilib, attestat va sertifikat bilan taqdirlanadigan bitiruvchilar roʻyxati shakllantiriladi hamda pedagogik kengashga taqdim etiladi;

- pedagogik kengash har yili 15 iyunga qadar bitiruvchilarni attestat va sertifikat bilan taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;

- bitiruvchilarga attestat va sertifikat har yili 20 iyunga qadar tantanali ravishda topshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab (maktab-internat)ni  tamomlaganlik toʻgʻrisidagi sertifikat  beriladi.

Asosiy mavzular