Konsertga chiptani majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi

© Posolstvo Fransii v UzbekistaneUrok v uzbekskoy shkole
Urok v uzbekskoy shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Huquqiy-nazorat xizmati xodimlarining aralashuvidan so‘ng maktab direktorlari shu kungacha o‘qituvchilarga sotilgan konsert chiptalari pullarini qaytarib berishgan.

TOShKENT, 15-may — Sputnik. Konsertga chiptani majburlab sotgan maktab direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi rahbariyati, umumta’lim maktablari direktorlari hamda konsert dasturi tashkilotchilari shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab pedagog-xodimlarni majburiy ravishda konsertga jalb qilganliklari aniqlangan.

Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston
XTV: “O‘qituvchi o‘quvchini bir necha bor turtgan, lekin urmagan”

Jumladan, Qarshi shahri XTB tasarrufidagi 23-sonli umumta’lim maktabi direktori v.v.b. R.N va 19-sonli umumta’lim maktabi direktori S.A 35 000 so‘mlik har bir chipta sotuvidan 5000 so‘mdan o‘zlariga qolishi borasida konsert tashkilotchisi bilan o‘zaro kelishgan. So‘ngra 100 dona konsert chiptasini o‘qituvchilarga majburan sotishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, huquqiy-nazorat xizmati xodimlarining aralashuvidan so‘ng maktab direktorlari shu kungacha o‘qituvchilarga sotilgan konsert chiptalari pullarini qaytarib berishgan.

“Yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan Qarshi shahar XTB mudiri o‘rinbosari R.Jga hayfsan intizomiy jazo chorasi berildi. 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori v.v.b. R.N egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 19-umumta’lim maktabi direktori S.A. joriy yilning 8-mayidan buyon sog‘lig‘i yaxshi emasligi tufayli davolanayotgani bois unga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘rish keyinga qoldirilgan”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, hozirda Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.U. va Qarshi shahar xalq ta’limi bo‘limi mudiri B.E.ga intizomiy jazo berish masalasi ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0